Transformerlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Franshiza logo, 2014-bugun

Transformerlar (Yaponcha: トランスフォーマー), Yaponiya-Amerika'ning Takara Tomy nomli Yaponiya o‘yinchoq shirkati va Hasbro nomli AQSh o‘yinchoq shirkati tomonidan ishlab chiqilgan media franshizasi. Transformerlar, yaʼni, Autobotlar va Decepticonlar bir-biri bilan doimo kurashadi. Shuningdek, Transformerlar superqahramon robot holida tasvirlanib, ular haqida bir nechta video o‘yinlar, live-action va animatsion filmlar ishlangan.

Jonli-harakatli filmlar (2007-bugun)[tahrir]

2007-yilda rejissor Michael Bay va produser Steven Spielberg tomonidan Transformerlar franshizasining birinchi qismi bo‘lgan Transformerlar filmi ishlandi. Filmda bosh rollarni Shia LaBeouf, Josh Duhamel, Megan Fox, va Tyrese Gibson kabi film yulduzlari jonlantirdi. Ushbu film $709 millionga teng daromadi bo‘yicha dunyo miqyosida qirq beshinchi, va 2007-yil miqyosida beshinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, film sikveli bo‘lgan Transformerlar: Razillar Qasosi filmi premyerasi 24-iyun, 2009-yilda bo‘lib o‘tdi. Uchinchi film, yaʼni Transformerlar: Oydagi Pinhon Sirlar filmi premyerasi 29-iyun, 2011-yilda bo‘lib o‘tdi va film teatrlarda 3-D formatida namoyish qilindi. Daromadi $1 milliarddan oshdi. To‘rtinchi film bo‘lgan Transformerlar: Qirgʻinbarot Davri kartinasi premyerasi 27-iyun, 2014-yilda bo‘lib o‘tdi va ushbu filmning daromadi ham uchinchi film kabi $1 milliarddan oshdi. Va nihoyat, Transformerlar franshizasining beshinchi filmi bo‘lgan Transformerlar: Soʻnggi Ritsar kartinasining premyerasi 24-iyun, 2018-yilda bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, birinchi film prikveli bo‘lgan Bumblebee filmining premyerasi 21-dekabr 2018-yilda bo‘lib o‘tdi.

Transformers: Animated (2007-2010)[tahrir]

Transformers: Animated nomli animatsion serial 2007-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Cartoon Network telekanali orqali efirga uzatildi. Ushbu animatsion serial Transformers: Heroes nomli animatsion serial 2007-yilda tugaganidan so‘ng, namoyish qilindi. Serial voqealariga ko‘ra, 2050-yilda Detroitda, robotlar va odamlar yonma-yon yashash turmush tarzi o‘rnatiladi. Autobot'lar Yerga qaytib keladi va Megerton paydo bo‘lmaguncha, Decepticon'lar bilan yomon odamlarga qarshi kurash olib boradigan superqahramonlar rolini bajaradi. Asosiy qahramonlar: Autobotlar Optimus Prime, Bumblebee, Bulkhead, Prowler va Ratchchet; Decepticonlar Megatron, Starscream, Blitzving, Lugnut va Blackarachnia; hamda professor Sumdak va Sari Sumdak'larning vakillari. Shuningdek, ovoz bergan artistlar Corey Burton, John Moschitta, Jr., Susan Blu, va Judd Nelson.

Havolalar[tahrir]