John Buster

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Doktor John E. Buster

John Edmond Buster (1941-yil 18-iyulda tugʻilgan) — amerikalik shifokor boʻlib, u Kaliforniya universitetida Los-Anjeles tibbiyot maktabida ishlagan vaqtida birinchi marta bir ayoldan boshqasiga embrion koʻchirishni amalga oshirgan va natijada chaqaloq tirik tug'ilgan tadqiqot guruhini boshqargan. Bu tadqiqot Harbor-UCLA tibbiyot markazida amalga oshirilgan[1], 1983-yil iyul oyida bu haqida xabar qilingan va bola tug'ilishi to'g'risidagi e'lon 1984-yil 3-fevralda yakunlangan[2]. Jarayonda endigina rivojlana boshlagan embrion sun'iy urug'lantirish yo'li bilan homilador bo'lgan ayoldan 38 haftadan so'ng chaqaloqni dunyoga keltirgan boshqa ayolga o'tkazildi. Sun'iy urug'lantirishda ishlatiladigan sperma bolani tug'gan ayolning eridan kelgan[3][4].

Buster va UCLA tadqiqot guruhining boshqa a'zolari People Magazine[5] va Time Magazine jurnallarida namoyish etildi[4]. Busterning tadqiqotlariga asoslanib, Qo'shma Shtatlardagi Kasalliklarni nazorat qilish markazlari (Centers for Disease Control-CDC)[6] tomonidan donor embrion ko'chirilishi natijasida 200 000 dan ortiq tirik tug'ilganlar qayd etilgan[7][8][9].

Buster Rhode Island shtatidagi Providensce shahridagi Ayollar va chaqaloqlar fertilligi markazida reproduktiv endokrinolog sifatida tibbiyot amaliyotini davom ettirmoqda[10].

Ta'limi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buster Stanford universitetida bakalavriat darajasida o'qigan va Kaliforniya universiteti Los-Anjeles tibbiyot fakultetida akusherlik va ginekologiya bo'yicha tibbiy va rezidenturada tahsil olgan, keyinchalik aynan shu yerda reproduktiv endokrinologiya va bepushtlik bo'yicha tahsil olgan[11].

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

John Buster hozirda Rhode Islanddagi Providence shahrida Ayollar va chaqaloqlar kasalxonasida reproduktiv endokrinologiya va bepushtlik bo'limida ishlaydi[12]. U, shuningdek, xususiy amaliyot bilan shug'ullanadi va Alpert tibbiyot maktabi Ayollar va chaqaloqlar kafedrasida ( Braun universiteti ) reproduktiv endokrinologiya va bepushtlik bo'yicha klinik o'qitish bilan shug'ullanadi[13][14].

Tadqiqotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Busterning reproduktiv tibbiyotdagi tadqiqotlari va klinik amaliy ishlari steroidlar fiziologiyasi, implantatsiyadan oldingi embriologiya, homiladorlikni yo'qotish va menopauza davridagi gormonlarni almashtirish terapiyasi bo'yicha nashr etilgan izlanishlarni o'z ichiga oladi. </link>

Buster Zamonaviy akusherlik va ginekologiya (Contemporary Obstetrics and Gynecology) jurnalida "Jinsiy aloqa va 50 yoshli ayol: qoniqishni tiklash strategiyalari" maqolasi muallifi[15]. Maqsad ayol jinsiy disfunksiyasining turli sabablarini va akusher/ginekolog va birlamchi tibbiy yordam shifokorlari tavsiya qilishi mumkin bo'lgan oddiy aralashuvlarni tushuntirish edi. Maqola mahalliy ommaviy axborot vositalarida paydo bo'lgan hikoyalar bilan omma qiziqishini uyg'otdi[16].

Busterning eng dastlabki tadqiqot ishlaridan biri steroid gormoni radioimmunoassay (RIA) ga qaratilgan[17]. U androgen progormoni, dehidroepiandrosteron sulfat (DHEA-S) dagi RIA haqida xabar berdi va bunda dehidroepiandrosteron sulfatni to'g'ridan-to'g'ri o'lchash ekstraktsiyalanmagan zardobda mumkinligi ko'rsatilgan[18]. BU tadqiqotning metodologiyasining takomillashtirilgan versiyalari ayollarda androgenning ortiqcha buzilishlarini tashxislash va davolashda qo'llaniladi[19]. Shuningdek, u birinchi marta homiladorlikning barcha uch trimestrida va tug'ruq boshlanishiga qadar ona qonida bir nechta androgen, progestin va estrogen konsentratsiyasining bir vaqtning o'zida rivojlanishini tasvirlab berdi[20].

Buster Procter & Gamble tomonidan o'rganilgan ayollar uchun testosteron yetkazib berish tizimini ishlab chiqishga yordam berdi. Bu tizim Yevropada Intrinsa brendi ostida sotiladi[21]. Buster transdermal estrogen yamoqlariga o'xshash farmakologiyaga ega estradiol tumanining samaradorligini ko'rsatadigan boshqa tadqiqotda yetakchi tadqiqotchi bo'lib xizmat qildi[22]. Busterning Amerika Qo'shma Shtatlarida Perrigo tomonidan Evamist nomi bilan sotilgan, 2007-yilda FDA ma'qullagan [23] Evamist uchun III bosqich tadqiqoti "Akusherlik va ginekologiya" jurnalida nashr etilgan[24].

1980-yillarning boshida, 4 yil davomida Kaliforniya universiteti Los-Anjeles tibbiyot maktabida [1]. Buster va uning jamoasi in vivo urug'lantirish va bachadonni yuvishga asoslangan usulni ishlab chiqdilar - bu usul chorvachilik sanoatida qoramol embrionlarini ko'chirishni tijoratlashtirishdan ixtisoslashtirilgan - inson blastotsistlarini fertil ayol donorlardan ovulyatsiya bo'lgan yoki agonadal bepusht oluvchi ayollarga o'tkazish vositasi sifatida qaraladi [25]. 1984-yil fevral oyida birinchi tirik tug'ilish, keyin 3 oydan so'ng ikkinchi tirik tug'ilish aynan mana shu usullardan kelib chiqqan va Buster va uning jamoasi tomonidan e'lon qilingan[26].

Buster bachadonni yuvish texnologiyasini yangiladi va uni embrionlardagi genetik kasalliklarni tashxislash va oldini olishga moslashtirdi. 2011-yilda Buster Previvo Genetics, Inc. ga asos soldi. U kompaniyaning direktorlar kengashi va ilmiy kengashda ishlaydi[27].

2019-yil aprel oyida Xitoyning Shanxay shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro fertillik jamiyatlari federatsiyasi (International Federation of Fertility Societies - IFFS) Butunjahon kongressida Buster bachadonni yuvish orqali tiklangan in vivo embrionlardan foydalangan holda birinchi preimplantatsiya genetik testining (PGT) dastlabki natijalarini taqdim etdi[28].

2020-yil yanvar oyida Buster Previvo tadqiqot jamoasi bilan in vivo bachadonni yuvish (in vivo uterine lavage - IVL) yordamida 136 in vivo urug‘lantirilgan va yetuk embrionlarning muvaffaqiyatli va xavfsiz tiklanishini tavsiflovchi birinchi yirik seriya (134 ta giper stimulyatsiya/bachadonni yuvish sikli) haqida xabar berdi[29]. Nazorat uchun 20 nafar yuvish obyekti ham in vitro urug'lantirishdan (IVF) o'tkazildi. Eng muhimi, IVL blastotsistlarining morfologik ko'rsatkichlari IVF nazoratiga qaraganda ancha yuqori edi.

Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buster 2012-yil may oyida Harbor-UCLA tibbiyot markazida joylashgan LA BioMed kompaniyasidan Legends mukofotini oldi[30][31].

2014-yil iyun oyida Amerika akusherlik va ginekologlar kolleji (American College of Obstetricians and Gynecologists - ACOG) doimiy ravishda taqdim etilgan ma'ruza, Jon E. Busterning zamonaviy reproduktiv tibbiyot bo'yicha ma'ruzasini taqdirladi. Ushbu ma'ruza har yili o'tkaziladi[32][33].

Nashrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Buster, JohnE.; Bustillo, Maria; Thorneycroft, IanH.; Simon, JamesA.; Boyers, StephenP.; Marshall, JohnR.; Louw, JohnA.; Seed, RandolphW. et al. (July 1983). "Non-surgical transfer of in vivo fertilised donated ova to five infertile women: report of two pregnancies". The Lancet 322 (8343): 223–224. doi:10.1016/S0140-6736(83)90208-8. PMID 6135059. 
  • Bustillo, M; Buster, JE; Cohen, SW; Hamilton, F; Thorneycroft, IH; Simon, JA; Rodi, IA; Boyers, SP et al. (17 February 1984). "Delivery of a healthy infant following nonsurgical ovum transfer". JAMA 251 (7): 889. doi:10.1001/jama.1984.03340310011002. PMID 6694286. https://archive.org/details/sim_jama_1984-02-17_251_7/page/889. 
  • Buster, JohnE.; Bustillo, Maria; Thorneycroft, Ian; Simon, JamesA.; Boyers, StephenP.; Marshall, JohnR.; Seed, RichardG.; Louw, JohnA. (April 1983). "Non-surgical transfer of an in-vivo fertilised donated ovum to an infertility patient". The Lancet 321 (8328): 816–817. doi:10.1016/S0140-6736(83)91868-8. PMID 6132146. 
  • Buster, John E. (2008). "The first live birth donation". Society for Reproductive Medicine 4 (4): 23–8. 
  • Center for Disease Control and Prevention/Society for Assisted Reproductive Technology Fertility Clinic Reports, 1994–2006.
  • Buster, John E.; Bustillo, Maria; Rodi, Ingrid A.; Cohen, Sydlee W.; Hamilton, Minda; Simon, James A.; Thorneycroft, Ian H.; Marshall, John R. (September 1985). "Biologic and morphologic development of donated human ova recovered by nonsurgical uterine lavage". American Journal of Obstetrics and Gynecology 153 (2): 211–217. doi:10.1016/0002-9378(85)90116-4. PMID 4037016. 
  • Buster JE, Abraham GE: Radioimmunoassay of plasma dehydroepiandrosterone sulfate. Analyt Lett 5:543:551, 1972.
  • Buster JE, Freeman AG, Hobel CJ: An algorithm for determining gestational age from unconjugated estriol levels. Obstet Gynecol. Nov; 56 (5): 649–655, 1980.
  • Buster JE, Chang RJ, Preston DL, Elashoff RM, Cousins LM, Abraham GE, Hobel CJ, Marshall JR: Interrelationships of circulating maternal steroid concentrations in third trimester pregnancies: II. C18 and C19 steroids: estradiol, estriol, dihydro-epiandrosterone, dehydroepiandrosterone sulfate, ∆5androstenedione, testosterone, and dihydrotestosterone. J Clin Endocrinol Metab 48 (1): 139–142, 1979.
  • Buster JE, Change RJ, Preston, DL, Elashoff RM, Cousins LM, Abraham GE, Hobel, CJ, Marshall JR: Interrelationships of circulating maternal steroid concentrations in third trimester pregnancies. I. C21 steroids: progesterone, 16ά-hydroxyprogesterone, 17ά -hydroxy-progesterone, 20ά-dihydroprogesterone, ∆5-pregnenolone, ∆5-pregnenonlone sulfate and 17-hydroxy ∆5-pregnenolone. J Clin Endocrinol Metab 48 (1) 33–38, 1979
  • Rodi IA, Sauer MV, Gorrill MJ, Bustillo M, Gunning JE, Buster JE, Marshall JR: The medical treatment of unruptured ectopic pregnancy with methotrexate and citrovorum rescue: preliminary experience. Fertil Steril. Nov;46 (5): 811–813, 1986.
  • Carson SA, Buster JE: Ectopic pregnancy. N Engl J Med. Oct; 329 (16): 1174–1181, 1993.
  • Buster JE, Kingsberg SA, Aguirre O, Brown C, Breaux JG, Buch A, Rodenberg CA, Wekselman K, Casson P: Testosterone Patch for Low Sexual Desire in Surgically Menopausal Women: A Randomized Trial. Obstet Gynecol, 2005 May; 105(5 Pt 1):944-52.
  • Buster JE, Koltun WD, Pascual MLG, Day WW, Peterson C: Low-dose estradiol spray to treat vasomotor symptoms. Obstet Gynecol 111: 1343–1351, 2008.
  • Buster, JE. Principles of Oocyte and Embryo Donation (Sauer M, ed). "Historical "Evolution of Oocyte and Embryo Donation as a Treatment for Intractable Infertility" Chapter 1, pp 1–10. ISBN 0387949607ISBN 0387949607.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Research Accomplishments“. Harbor-UCLA Medical Center. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  2. Blakeslee, Sandra. „Infertile woman has baby through embryo transfer“. New York Times (1984-yil 3-fevral). Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  3. Friedrich, Otto. „Medicine: A legal, moral, social nightmare“. Time (1984-yil 10-sentyabr). 2009-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  4. 4,0 4,1 Wallis, Claudia. „The New Origins of Life“. Time (1984-yil 10-sentyabr). 2005-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  5. Jares, Sue Ellen (1983-08-08). "A UCLA Doctor, First to Transplant Human Embryos, Offers Hope to Infertile Women". People 20 (6). http://www.people.com/people/archive/article/0,,20085636,00.html. Qaraldi: 27 June 2014. John Buster]]
  6. „Assisted Reproductive Technology (ART)“. Centers for Disease Control. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  7. „Dead URL“. Sexuality, Reproduction and Menopause magazine. 2009-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Dead URL“. Sexuality, Reproduction and Menopause magazine. 2007-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Mendell. „Talking with Children About Ovum Donation“. American Fertility Association - Infertility and Family Building. 2013-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  10. „John Buster, MD | Women & Infants' Fertility Center“ (en-US). Women & Infants' Fertility Center. Qaraldi: 2017-yil 27-aprel.
  11. „Reproductive Endocrinology and Infertility Center“. Tufts Medical Center. 2014-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  12. England. „John Buster“. www.womenandinfants.org. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  13. „Buster, John“. vivo.brown.edu. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  14. „Brown University Fellowship in REI“. Alpert Medical School of Brown University. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  15. Buster, John (August 2012). "Sex and the 50-Something Woman". Contemporary OB/GYN 57 (8): 32–39. http://www.modernmedicine.com/modernmedicine/Modern+Medicine+Now/Sex-and-the-50-something-woman-Strategies-for-rest/ArticleStandard/Article/detail/784905. Qaraldi: 27 June 2014. John Buster]]
  16. Reinsel Cotter, Pamela. „When desire wanes“. Providence Journal (2012). 2013-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  17. Buster, John E.; Chang, R. Jeffrey; Preston, Dale L.; Elashoff, Robert M.; Cousins, Larry M.; Abraham, GUY E.; Hobel, Calvin J.; Marshall, John R. (1979). "Interrelationships of Circulating Maternal Steroid Concentrations in Third Trimester Pregnancies. II. C18and C19Steroids: Estradiol, Estriol, Dehydroepiandrosterone, Dehydroepiandrosterone Sulfate, Δ5-Androstenediol, Δ4-Androstenedione, Testosterone, and Dihydrotestosterone". The Journal of Clinical Endocrinology & Metabolism 48 (1): 139–142. doi:10.1210/jcem-48-1-139. PMID 154525. https://academic.oup.com/jcem/article-abstract/48/1/139/2679266?redirectedFrom=fulltext. 
  18. Buster, John E.; Abraham, Guy E. (5 December 2006). "Radioimmunoassay of Plasma Dehydroepiandrosterone Sulfate". Analytical Letters 5 (8): 543–551. doi:10.1080/00032717208062119. 
  19. Abraham, G. E.; Buster, J. E.; Samojlik, E.; Garza, R.; Hillan, B. (February 1974). "Comparison Between Four Radioimmunoassays for Plasma Estriol". Analytical Letters 7 (2): 119–123. doi:10.1080/00032717408058745. 
  20. Buster, JE; Chang, RJ; Preston, DL; Elashoff, RM; Cousins, LM; Abraham, GE; Hobel, CJ; Marshall, JR (January 1979). "Interrelationships of circulating maternal steroid concentrations in third trimester pregnancies. I. C21 steroids: progesterone, 16 alpha-hydroxyprogesterone, 17 alpha-hydroxyprogesterone, 20 alpha-dihydroprogesterone, delta 5-pregnenolone, delta 5-pregnenolone sulfate, and 17-hydroxy delta 5-pregnenolone.". The Journal of Clinical Endocrinology and Metabolism 48 (1): 133–8. doi:10.1210/jcem-48-1-133. PMID 422695. 
  21. „Should testosterone therapy be used to treat HSDD in reproductive-aged women?“. [sayt ishlamaydi]
  22. Buster, John E (January 2009). "Low-Dose Estradiol Spray: a Novel Treatment for Vasomotor Instability in Postmenopausal Women". Women's Health 5 (1): 23–28. doi:10.2217/17455057.5.1.23. PMID 19102636. 
  23. „FDA Approves Spray-On Estrogen to Treat Menopause“. Fox News (2008-yil 2-iyun). Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  24. Buster, John E.; Koltun, William D.; Pascual, Maria Luz G.; Day, Wesley W.; Peterson, Craig (June 2008). "Low-Dose Estradiol Spray to Treat Vasomotor Symptoms". Obstetrics & Gynecology 111 (6): 1343–1351. doi:10.1097/AOG.0b013e318175d162. PMID 18515518. 
  25. 1“,Principles of Oocyte and Embryo Donation Sauer: . New York: Springer-Verlag, 1998 — 1–10 bet. ISBN 0387949607. 
  26. „Embryo-Transfer Baby Born“. The New York Times (1984-yil 25-mart). Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  27. „Previvo Genetics - A New Choice in Pre-Implantation Genetic Diagnosis“. previvo.com. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  28. „International Federation of Fertility Societies (IFFS)“. [sayt ishlamaydi]
  29. Munné, Santiago; Nakajima, Steven T.; Najmabadi, Sam; Sauer, Mark V.; Angle, Marlane J.; Rivas, José L.; Mendieta, Laura V.; MacAso, Thelma M. et al. (January 2020). "Human Reproduction (ESHRE)". Human Reproduction 35 (1): 70–80. doi:10.1093/humrep/dez242. PMID 31886877. PMC 6993848. https://academic.oup.com/humrep/article/35/1/70/5678546/. 
  30. „Medical researchers honored at LA Biomeds legends event“. Daily Breeze (2012-yil 10-may). Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  31. Women & Infants Hospital of Rhode Island. „Physician to be honored as Legend“. Press-reliz.
  32. „Endowments - ACOG“. www.acog.org. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  33. „Subspecialty Sessions - ACOG“. www.acog.org. 2016-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]