Sunʼiy qochirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sunʼiy qochirish (urugʻlantirish) — qishloq xoʻjaligi. hayvonlarini qochirish (urugʻlantirish) uchun erkak hayvonlardan olingan spermani kuyikkan urgochi hayvon jinsiy yoʻliga (bachadon boʻyniga yoki bachadonga) sunʼiy kiritish. Seleksiyanaslchilik ishida eng mahsuddor naslli erkak hayvonlardan unumli foydalanish, hayvonlar zotlarining nasl sifatlarini jadal yaxshilash maqsadlarida qoʻllanadi, mollar tabiiy qochirilganda jinsiy aʼzo orqali yuqishi [[mumkin boʻlgan kasalliklar (brutsellyoz, vibrioz va boshqalar)ning oldi olinadi. Spermalar naslchilik korxona (stansiya)laridagi eng yaxshi nasddor erkak hayvonlardan olinadi. S.k,. 5 ta asosiy texnik usuldan iborat: erkak hayvondan sperma olish, uning sifatini baholash, maxsus sharoitda suyultirish, urugʻlantirish qobiliyatini yoʻqotmay sovuq muhitda saklash, urgʻochi hayvon jinsiy yoʻliga kiritish.

Tarixiy maʼlumotlarga qaraganda, Sunʼiy qochirishning ibtidoiy usuli mil. av. davrlarda otlar zotini yaxshilashda qoʻllanilgan. 18—19-asrlarda bu usulga qiziqish va uni oʻrganish avj oldi. Sunʼiy qochirishni 1763 yilda nemis olimi S.A.Yakobi baliklarda, 1780—82 yillarda Italiyada Spalansani va Rossi itlarda, 1893 yilda Rossiyada veterinar vrach Lideman biyalarda qoʻllagan. 1928—33 yillarda yangi urugʻ olish, saqlash va suyultirish usullari kashf etilgan. Hayvonlar spermasini chuqur muzlatish va uni uzoq muddat saqlash usuli 1946 yilda ishlab chiqilgan.

Sunʼiy qochirish qoramolchilikda yil davomida, qoʻychilik va baliqchilikda mavsumiy qoʻllaniladi. Sunʼiy qochirish uchun sperma buqalardan haftada 2—4 marta, qoʻchqorlardan kuniga 2—4 marta, choʻchqalardan 3 yoki 2 kunda 1, aygʻirlardan 1 kunda 1 marta olinadi. Suyultirilgan va —2—4°da saqlangan buqa spermasidan 3 sutka, qoʻchqornikidan 24 (baʼzan 36) soat, aygʻirnikidan 24—36 soat davomida foydalanish [[mumkin.

Bitta nasldor buqaning bir martalik 4—5 sm³ shahvati (spermasi)dan oʻnlab, suyultirilgan urugʻlaridan 1500—2000 bosh sigir va gʻunajinni S q. [[mumkin.

Sunʼiy qochirishda urgʻochi hayvonlarning kuyikish holati muntazam kuzatib boriladi. Qoramolchilikda har kuni 3 mahal (ertalab, tushda va kechqurun) podadagi kuyikkan sigir va gʻunajinlar ajratilib, sunʼiy urugʻlantiriladi, soʻngra ular 10—12 soatdan keyin yana qayta urutlantiriladi. Sunʼiy qochirishda shpritskateteri, shpritsyarim avtomat va yoritgichli qin oynasi kabi asboblardan foydalaniladi. Har bir qochirilgan ona hayvon uchun maxsus kartochka yuritiladi. Kartochkada ona molning laqabi yoki tartib inventar raqami, zoti, yoshi, birinchi marta qochirilgan yoshi, qochirish va takroriy qochirish muddatlari, urugʻi qoʻllanilgan erkak hayvonning laqabi yoki inventar raqami va zoti, qochirilgan ona molning tugʻish muddatlari qayd etiladi (qarang Davlat naslchilik korxonasi). Oʻzbekistonda Sunʼiy qochirish usuli 20-asrning 50y.laridan boshlab amaliyotga kiritiddi.

Izatulla Eshmatov.