Joel Obi
Obi Inter klubi bilan 2011-yil | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Joel Chukwuma Obi | ||
Tavallud sanasi | 22-may 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Lagos, Nigeriya | ||
Boʻyi | 1.77 m[1] | ||
Ampluasi | yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Reggina | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2005-2010 | Internazionale | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010-2015 | Internazionale | 50 | (1) |
2013-2014 | → Parma (ijara) | 8 | (0) |
2015-2018 | Torino | 52 | (6) |
2018-2021 | Chievo | 71 | (6) |
2019 | → Alanyaspor (ijara) | 2 | (0) |
2021-2022 | Salernitana | 21 | (0) |
2022- | Reggina | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2011- | Nigeriya milliy futbol terma jamoasi | 17 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 27-iyun, 08:36 (utc) uchun) |
Joel Chukwuma Obi (talaffuzi: Djoel Chukvuma Obi) (1991-yil 22-mayda tugʻilgan) — Joel Obi nomi bilan tanilgan, nigeriyalik professional futbolchi. Joel Obi Italiya B Seriyasining vakili „Reggina“ klubi va Nigeriya milliy futbol terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Inter[tahrir | manbasini tahrirlash]
Daniele Bernazzani boshchiligida 2008-yilda „Allievi Nazionali“ klubi U-17 chempionatida gʻolib chiqqanidan soʻng, Joel Obi "Primavera" („Inter“ klubining yoshlar jamoasi sektori) tarkibiga oʻtdi va u yerda uch yil ichida 40 dan ortiq oʻyinda maydonga tushib, oltita gol urdi.
2009-yilda Joel Obi José Mourinhoning eʼtiboriga tushdi va vaqti-vaqti bilan „Internazionale Milano“(Inter) klubining asosiy jamoasiga chaqirila boshladi. 2010-yilda, hatto oʻynamagan boʻlsa ham, Joel Obi "Bayern Munich" klubiga qarshi UEFA Chempionlar ligasi finalida gʻalaba qozongan klubning „A“ toifadagi futbolchilar roʻyxatiga kiritilgan.
2010-yilning yozida Rafael Benitez Joel Obini asosiy jamoaga oʻtkazdi. Obi „Inter“ klubi safidagi debyutini 2010-yilning 29-sentyabrida UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining „Werder Bremen“ klubiga qarshi oʻyinida oʻtkazdi[2]. Ushbu oʻyinda „Inter“ klubi „Werder Bremen“ klubini 4:0 hisobida magʻlub etdi[3].
Obi A Seriyadagi debyut oʻyinini 2010-yilning 17-oktyabrida „Cagliari“ klubiga qarshi oʻyinda Philippe Coutinhoning oʻrnida oʻyinning 66-daqiqasida maydonga tushib oʻtkazdi[4]. Oʻyin Samuel Etoʻoning goli bilan 1:0 hisobida yakunlandi.
Joel Obi 14-noyabr kuni Italiya Superkubogi uchun Pekindagi „Milan derbisi“ni boshlagan, ammo jarohati tufayli oʻyinning 35 daqiqasida almashtirilishi kerak boʻlib qoldi. 2011-yil yanvar oyida Joel Obi va Nwankwo Obioralar „Parma“ klubiga atigi 750 yevro va 300 000 yevro evaziga birgalikda egalik qilish shartnomasi asosida ijaraga berildi[5]. Biroq, Joel Obi mavsumning qolgan qismida „Inter“ klubida qoldi va ligada 10 ta, Italiya kubogi doirasida ikkita va Chempionlar ligasi doirasida bitta oʻyin oʻtkazdi. 27-sentyabrda Joel Obi Chempionlar ligasi doirasidagi oʻyinda ilk bor maydonga tushdi. 2012-yilning 17-yanvarida „Parma“ klubi Obining 50 % ulushini 3,2 million yevro[5] evaziga „Inter“ klubiga sotdi va Joel Obining maoshi yiliga 600 000 yevroga koʻtarildi[6]. 29-aprel kuni Joel Obi A Seriyadagi ilk golini „Cesena“ klubiga qarshi oʻyinda kiritdi. Joel Obi 2011—2012-yilgi mavsumni A Seriyada 27 ta, Italiya kubogida ikkita va Chempionlar ligasida 7 ta oʻyinda, shuningdek, Italiya Superkubogi finalida bitta oʻyinda maydonga tushgan holda yakunladi. Biroq, Joel Obi keyingi mavsumda yomon jarohatlar tufayli koʻpgina oʻyinlarni oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi.
Jarohati tufayli koʻpgina oʻyinlarni oʻtkazib yuborgan Joel Obi 2012—2013-yilgi mavsumda Yevropa ligasi doirasida oʻtkazilgan oʻyinda maydonga qaytdi[7]. Joel Obi mavsumni Yevropa ligasi doirasida ikkita oʻyinda, Italiya kubogi doirasida va Yevropa ligasi doirasida bittadan oʻyin oʻtkazgan holda yakunladi.
Parma (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]
2013-yil 2-sentyabrda Joel Obi „Parma“ klubiga ijaraga berildi[8]. „Parma“ klubi safida sakkizta oʻyindan soʻng Joel Obi „Inter“ klubiga qaytdi.
"Inter" klubiga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]
2014-yil 28-avgustda Joel Obi „Inter“ klubiga qaytib, Yevropa ligasi doirasidagi „Stjarnan“ klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. Oʻyin 6:0 hisobida „Inter“ klubining gʻalabasi bilan yakunlandi. 23-noyabr kuni Joel Obi „Milan derbisi“da asosiy tarkibda maydonga tushdi va mavsumdagi ilk goli raqib darvozasiga kiritdi va uni saltolar bilan nishonladi. Joel Obining kiritgan goli „Inter“ klubi uchun oʻyindagi tenglashuvchi zarba boʻldi(1-1)[9]. Joel Obi mavsumni 17 ta oʻyin va bitta gol bilan yakunladi. Joel Obi „Inter“ klubi safida jami 71 oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan.
Torino[tahrir | manbasini tahrirlash]
2015-yilning 2-iyulida Joel Obi 2,2 million yevro evaziga „Torino“ klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi[10][11][12]. Mavsum boshida Joel Obi ketma-ket ikkita jarohat oldi va 2015—2016-yilgi mavsumning birinchi yarmini oʻtkazib yuborishga majbur qildi. Joel Obi 2016-yilning 7-fevralida "Chievo Verona " klubiga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. 2017-yilning 26-avgustida Joel Obi „Torino“ tarkibida „Sassulo“ga qarshi oʻyinda maydonga tushib oʻzining mavsumdagi birinchi golini kiritdi. Oʻyin 3:0 hisobida „Torino“ foydasiga hal boʻldi.
Chievo Verona[tahrir | manbasini tahrirlash]
2018-yil 11-avgustda Joel Obi A Seriyaning vakili „Chievo Verona“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi[13]. Joel Obi 2019-yil yanvar oyida Turkiyaning „Alanyaspor“ klubiga 2018—2019-yilgi mavsumning ikkinchi yarmi uchun ijaraga olingan edi[14].
2020—2021-yilgi mavsumda yarim himoyachi „Chievo“ klubi safida 31 ta oʻyinida 4 ta gol urdi[15].
Salernitana[tahrir | manbasini tahrirlash]
2021-yil 21-iyulda Joel Obi A Seriyaning yangi vakili „U.S. Salernitana 1919“ klubi bilan bepul transferga imzo chekdi[16]. Joel Obi uzaytirish varianti bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻldi.
Reggina[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil 20-iyulda Joel Obi „Reggina“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[17].
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Joel Obi Nigeriya milliy futbol terma jamoasi uchun xalqaro maydondagi debyutini 2011-yilning 9-fevralida Lagosda Sierra Leone milliy futbol terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi. Joel Obi JCh-2014 uchun Nigeriya milliy futbol terma jamoasining dastlabki tarkibiga kiritilgan[18].
2018-yil iyun oyida Joel Obi 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun tashkillashtirilgan Nigeriya milliy futbol terma jamoasining 23 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritildi[19].
Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubuk | Mintaqa | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyin | Gollar soni | Oʻyin | Gollar soni | Oʻyin | Gollar soni | Oʻyin | Gollar soni | Oʻyin | Gollar soni | ||
Internazionale | 2010-11 | A Seriya | 10 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 13 | 0 |
2011-12 | 27 | 0 | 2 | 0 | 7 | 0 | 1 | 0 | 37 | 0 | ||
2012-13 | 2 | 0 | 1 | 0 | 1 | 1 | — | 4 | 1 | |||
2014-15 | 11 | 1 | 1 | 0 | 3 | 0 | — | 15 | 1 | |||
Umumiy | 50 | 1 | 6 | 0 | 12 | 1 | 1 | 0 | 69 | 2 | ||
Parma (ijara) | 2013-14 | A Seriya | 8 | 0 | 0 | 0 | — | — | 8 | 0 | ||
Torino | 2015-16 | A Seriya | 10 | 1 | 1 | 0 | — | — | 11 | 1 | ||
2016-17 | 20 | 0 | 3 | 0 | — | — | 23 | 0 | ||||
2017-18 | 22 | 5 | 3 | 1 | — | — | 25 | 6 | ||||
Umumiy | 52 | 6 | 7 | 1 | — | — | 59 | 7 | ||||
Chievo | 2018-19 | A Seriya | 11 | 1 | 0 | 0 | — | — | 11 | 1 | ||
2019-20 | 29 | 1 | 0 | 0 | — | — | 29 | 1 | ||||
2020-21 | B Seriya | 31 | 4 | 1 | 0 | — | — | 32 | 4 | |||
Umumiy | 71 | 6 | 1 | 0 | — | — | 72 | 6 | ||||
Alanyaspor (ijara) | 2018-19 | Turkiya oliy ligasi | 2 | 0 | 0 | 0 | — | — | 2 | 0 | ||
Salernitana | 2021-22 | A Seriya | 21 | 0 | 2 | 0 | — | — | 23 | 0 | ||
Umumiy | 204 | 13 | 16 | 1 | 12 | 1 | 1 | 0 | 233 | 15 |
Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar soni |
---|---|---|---|
Nigeriya milliy futbol terma jamoasi | 2011-yil | 11 | 0 |
2012-yil | 0 | 0 | |
2013-yil | 0 | 0 | |
2014-yil | 1 | 0 | |
2015-yil | 0 | 0 | |
2016-yil | 0 | 0 | |
2017-yil | 0 | 0 | |
2018-yil | 4 | 0 | |
Jami | 16 | 0 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (4-iyun 2018-yil). 19-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-iyun 2018-yil.
- ↑ „Joel Chukwuma Obi – Profile“. UEFA.
- ↑ „Eto'o hat-trick eases Inter past Bremen“. UEFA.com (29-sentabr 2010-yil). Qaraldi: 3-iyun 2014-yil.
- ↑ „2010 Serie A, Round 7“. Fox Soccer. Qaraldi: 21-oktabr 2010-yil.
- ↑ 5,0 5,1 Parma F.C. S.p.
- ↑ „Tutti gli ingaggi della A Solo Milano svolta Impennata della Juve Partita da un miliardo Stipendi: la dieta c' è, ma non si vede“ (it). La Gazzetta dello Sport (11-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 1-may 2016-yil.
- ↑ „La baby Inter convince a Baku“. Uefa.com. Qaraldi: 4-oktabr 2012-yil.
- ↑ „Joel Obi moves to Parma“. FC Internazionale Milano (2-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 3-iyun 2014-yil.
- ↑ „Joel Obi's strike earns Inter derby point over rival AC Milan“. Fox Sports (23-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 23-noyabr 2014-yil.
- ↑ Torino F.C. S.p.
- ↑ „Official: Joel Obi Joins Torino“. Kicknews24.com. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-iyul 2015-yil.
- ↑ „Joel Obi al Toro“ (it). Torino F.C. (2-iyul 2015-yil). Qaraldi: 2-iyul 2015-yil.
- ↑ „UFFICIALE: ChievoVerona, ecco Obi: contratto triennale con opzione“. 12-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2018-yil.
- ↑ „Joel Obi: Salernitana sign former Chievo midfielder“. Goal (21-iyul 2021-yil). Qaraldi: 22-iyul 2021-yil.
- ↑ „Joel Obi: Salernitana sign former Chievo midfielder“. Goal (21-iyul 2021-yil). Qaraldi: 22-iyul 2021-yil.
- ↑ „Joel Obi: Salernitana sign former Chievo midfielder“. Goal (21-iyul 2021-yil). Qaraldi: 22-iyul 2021-yil.
- ↑ „JOEL OBI È UN CALCIATORE AMARANTO“ (it). Reggina (20-iyul 2022-yil). Qaraldi: 20-iyul 2022-yil.
- ↑ Okeleji, Oluwashina. „World Cup 2014: Nosa Igiebor cut from Nigeria squad“. BBC Sport (3-iyun 2014-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2014-yil.
- ↑ „World Cup 2018: Arsenal's Iwobi in Nigeria's 23-man squad“. BBC Sport (3-iyun 2018-yil). Qaraldi: 18-oktabr 2022-yil.