Jiyda (qoʻshiq)

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Jiyda“
„Bojalar“ qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2004
Janr pop musiqa
Davomiyligi 3:40
Matn muallif(lar)i „Radius 21“
Bastakor(lar) Radius 21
Klipi
„Jiyda“ YouTubeda

Jiyda“ („Jiyda gullaganda“ deb ham nomlanadi) — „Bojalar“ oʻzbek musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2004-yil eʼlon qilingan[manba kerak]. Guruh repertuaridagi eng keng tanilgan taronalarning biri. Guruh aynan shu qoʻshiq ortidan Oʻzbekistonda hamda qoʻshni mamlakatlarda shuhrat qozongan[1]. Qoʻshiq soʻzini ham, kuyini ham oʻzbek reperi „Radius 21“ (haqiqiy ismi Shahzod Gʻulomov) yozgan. Qoʻshiq 2007-yil suratga olingan hamda „Bojalar“ aʼzolari Jahongir Poziljonov bilan Moʻmin Oripov hamda „Radius 21“ rol oʻynagan „Boyvachcha“ filmi soundtrekiga kiritilgan[2].

„Bojalar“ guruhining boshqa aksar qoʻshigʻi kabi, „Jiyda“ ham hazil sheʼrga bastalangan. Qoʻshiq pop-musiqa janrida boʻlib, lya minor tonalligida yozib olingan[3]. „Jiyda“ qoʻshigʻi uchun guruh aʼzolari Jahongir Poziljonov hamda Oripov ishtirokida qishloq manzaralari aks etgan klip suratga olingan. Qoʻshiqning remiksi hamda bolalar ijro etgan versiyalari guruhning 2015-yil eʼlon qilingan „Buxoro“ nomli terma albomiga kiritilgan[4].

„Jiyda“ qoʻshigʻi guruh aʼzosi Moʻmin Oripov vafot etishidan oldin yozib olingan taronalarning biridir. 2015-yil marhum Oripovning oʻgʻli Bilolxoʻja Oripov qoʻshiqni kaver qilgan[5]. Shuningdek, yosh xonandalar Daler va Aziz „Jiyda“ qoʻshigʻiga kaver yozgan. Mazkur versiya uchun olingan klip 2013-yil YouTubega yuklanganidan keyin 2022-yil avgustiga qadar 6 million martadan oshiq koʻrilgan[6]. 2020-yil Tohir Sodiqov „Jiyda“ qoʻshigʻi soʻzini oʻzgartirib, kaver qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „'Божалар' гуруҳи автоҳалокатга учраган“. BBC Uzbek (29-iyun 2009-yil). Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.
  2. „Boyvachcha (oʻzbek film)“. YouTube (5-mart 2016-yil). Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.
  3. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. Qaraldi: 27-noyabr 2022-yil.
  4. „Buxoro“. Spotify. Qaraldi: 27-noyabr 2022-yil.
  5. Shayxov, Qamariddin. „Билолхўжа Орипов отасининг қўшиғини куйлади“. Qalampir (29-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.
  6. „Bojalar - Jiyda (Daler va Aziz)“. YouTube (26-iyun 2013-yil). Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 13-avgust, 2022-yil(2022-08-13) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.