Jiltemasoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Jiltemasoy yuqori oqimida, mayda
Jiltemasoyning chap irmog`i, sharshara

JiltemasoyNavoiy viloyati Nurota tumanidagi soy. Qalamjarsoy (Selsoy)ning chap irmogʻi. Oqtov tizmasining shimoliy yon bagʻridagi Langar qishlogʻi yonidan boshlanib, shim.ga tomon oqadi. Kirichsoy qoʻshilgandan soʻng Nurota tekisligiga chiqadi va Chuyamoy deb ataladi. Qalamjarsoygacha yetib bormasdan Soykechar qishlogʻidan 3 km janubi-gʻarbda qurib qoladi. Uz. 18 km, xavzasining maydoni (togʻli qismi) 25 km2. J. qisman qor, asosan yomgʻir, buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 80 —100 l/sek. Suvi fevral— aprelda koʻpayadi, may, ayniqsa, iyundan kamayib ketadi. Lekin havzasida buloqlar koʻp boʻlganidan butunlay qurib qolmaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil