Jessica Calalang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jessica Calalang

Calalang / Johnson juftligi
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Jessica Noelle Calalang
Davlat AQSH bayrogʻi AQSh
Tavalludi 24-fevral 1995-yil (1995-02-24) (29 yosh)
Illinois
Boʻyi 1.55 m (5 ft 1 in)
Sherigi Brian Johnson
Oldingi sheriklari Zack Sidhu, Daniel O'Shea
Murabbiyi Todd Sand, Jenni Meno, Christine Binder, John Nicks
Jamoasi DuPage FSC Buffalo Grove
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi Aliso Viejo, California
Uchishni boshlagan 2000
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 68.87
Erkin dastur 135.16

Jessica Noelle Calalang (talaffuzi: Jessika Noel Kalalang; 1995-yil 24-fevralda tugʻilgan) — Amerika vakili sifatida juftlikda musobaqalarida qatnashuvchi figurali uchuvchi. Sherigi Brian Jonson bilan birga uch karra AQSh milliy chempionatining kumush medali sovrindori (2020-22) va uch karra Challenger musobaqasining sovrindori, shu jumladan 2019 CS Warsaw Cup turnirining oltin medali sohibi boʻlgan. Faoliyatining boshida Zack Sidhu bilan juftlikda konkida uchib, Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Challenger musobaqalarida uchta medalni qoʻlga kiritgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sidhu bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Calalang 2010-yil avgust oyida Zack Sidhu bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik 2010-yilda Chexiyaning Ostrava shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida ishtirok etib, xalqaro miqyosda oʻz debyutini amalga oshirgan[1]. Keyingi mavsumda juftlik 2011-yilda Estoniyaning Tallin shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh chempionatida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgandan soʻng, juftlik 2013-yilda Italiyaning Milan shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Amerika vakili sifatida qatnashish uchun tanlangan va juftlik chempionatda toʻqqizinchi oʻrindan joy olgan[2].

Calalang / Sidhu juftligi 2013 — 2014-yilgi mavsumda kattalar darajasiga koʻtarilgan. Juftlik 2013 International Nice Cup turnirida kumush medalni qoʻlga kiritgan[3], ammo 2014-yilgi AQSh chempionatida ishtirok etib, 11-oʻrinni egallagan. Juftlik keyingi mavsumni Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Challenger seriyasida boshlab, 2014 Cup of China musobaqasida Gran-pri debyutini oʻtkazishdan avval 2014-yilgi U. S. International Classic turnirida kumush va 2014 Skate Canada Autumn Classic musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sidhu bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2017—2018

2016—2017

2014—2015

  • Romeo and Juliet

    Nino Rota
2013—2014

  • Hernandoʻs Hideaway

    Sid Ramin
2010—2011

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Sidhu bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 10—11 11—12 12—13 13—14 14—15 15—16 16—17 17—18
Chinese Cup 7
GP Rostelecom 5
GP NHK Trophy 7
CS Autumn Classic 3 6
CS Finlandiya 7
CS Ice Challenge 4
CS US Classic 2 2
Nice Cup 2
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati 9
JGP Avstriya 6
JGP Xorvatiya 8
JGP Chexiya Respublikasi 10
JGP Estoniya 3
JGP Polsha 4
Milliy
AQSh chempionati 8-J 4-J 2-J 11 5 5 WD 9
J = Oʻsmirlar darajasi; WD = musobaqani tak etgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „U.S. Figure Skating Announces Men’s, Pairs and Ice Dance Selections for World Team“. U.S. Figure Skating Fan Zone. U.S. Figure Skating (2021-yil 17-yanvar).
  2. Capellazzi, Gina „Team USA pairs finish in fourth and fifth at Skate America“. Figure Skaters Online (2021-yil 25-oktyabr).
  3. Slater, Paula. „Cain-Gribble and LeDuc reclaim U.S. Pairs title“. Golden Skate (2022-yil 9-yanvar).