Kontent qismiga oʻtish

Javlon Ibrohimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Javlon va familiyasi Ibrohimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Jovlon Ibrohimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jovlon Abdulhayevich Ibrohimov
Tavallud sanasi 10-dekabr 1990-yil (1990-12-10) (34 yosh)
Tavallud joyi Qarshi, OʻzSSR
Boʻyi 1.75 cm (12 in)[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007 Traktor 9 (0)
2008 Nasaf 4 (0)
2009—2010 Lokomotiv 26 (2)
2011—2019 Bunyodkor 168 (20)
2019 Suwon 8 (0)
2020 Navbahor 11 (0)
Milliy terma jamoa
2011—2018 Oʻzbekiston 9 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Javlon Abdulhayevich Ibrohimov (1990-yil 10-dekabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Javlon Ibrohimov professional faoliyatini 2007-yilda Toshkentning „Traktor“ jamoasida boshlagan. Oʻsha yilning oxirida „Traktor“ bankrot boʻlib, tarqalib ketganidan soʻng Qarshining „Nasaf“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Nasaf jamoasida bir mavsum davomida va 4 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2009-yil boshida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma tuzib, ikki mavsum davomida „temiryoʻlchilar“ safida toʻp surgan. Lokomotiv klubi tarkibida 25 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. 2011-yilda Toshkentning boshqa bir klubi „Bunyodkor“ jamoasi safiga oʻtib, 2019-yilgi mavsumgacha faoliyat olib borgan.

2011-yil 24-fevral kuni „Bunyodkor“ sayti Jovlon Ibrohimovni „Bunyodkor“ jamoasi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. 2019-yil 18-fevral kuni „Bunyodkor“ Ibrohimovni Janubiy Koreyaning „Suvon“ jamoasiga oʻtganini eʼlon qilgan[2]. U turli klublar safida Oʻzbekiston oliy ligasida 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan[3]. Javlon 2020-yilgi mavsumda Navbahor jamoasi safida oʻynagan va mavsum soʻngida faoliyatini yakunlagan.

2011-yil 25-mart Chernogoriya terma jamoasiga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyut oʻyinini oʻtkazgan. Ibrohimov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida JCh-2014 saralash bosqichida ishtirok etgan. Soʻnggi marta 2018-yil6-sentyabrda Suriya terma jamoasiga qarshi oʻyinda ishtirok etgan.

  1. Javlon Ibrohimov Soccerway saytida
  2. „Жавлон Иброҳимовга омад тилаймиз!“ (Uzbek). t.me/. FC Bunyodkor Telegram (2019-yil 18-fevral). Qaraldi: 2019-yil 26-fevral.
  3. „Расман: Жавлон Иброҳимов "Навбаҳор"да“. 2022-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.