Javata masjidi
| Masjid | |
Javata masjidi مَسْجِد جَوَاثَا | |
| Joylashuvi | 25°28′11″N 49°40′43″E / 25.46972°N 49.67861°E |
| Manzil | Al-Ahsa, Sharqiy viloyati, Saudiya Arabistoni |
| Binokorlik | 7[1]–16-hijriy (tax. 629–636[2]-milodiy)—??? |
Javata masjidi (arabcha: مَسْجِد جَوَاثَا), shuningdek, notoʻgʻri talaffuzda Al-Javan) — tarixiy Javata hududida joylashgan masjid. Taxminan Hufufdan 12 km (7.5 mi) shimoli-sharqda. Bu Sharqiy Arabistonda qurilgan eng qadimgi masjid edi. Asl tuzilmaning aksariyati vayronaga aylangan[2]. Biroq, 2007-yilda Saudiya Arabistonining Turizm va Milliy meros komissiyasi tomonidan Ar-Riyoddagi Masmak qal’asiga oʻxshash dizayndan foydalangan holda qayta tiklangan[3].
Qurilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalarda masjidning dastlabki qurilgan sanasi milodiy 628- (hijriy 7-)[4][1] yoki milodiy 635–636-yillar deb koʻrsatilgan[2][4][5]. U yerda islomdan oldin va ilk davrda yashagan Bani Abdulqays qabilasi tomonidan qurilgan[1][4]. Bu masjid Sharqiy viloyatida qurilgan va Islomda ikkinchi juma namozi oʻqilgan birinchi masjid ekanligiga ishoniladi, birinchisi Madinadagi Paygʻambar masjidida oʻqilgan[1][4]. Rivoyatlarga koʻra, Qarmatlar tomonidan Makkadan Qora tosh oʻgʻirlanganida, 22 yilga yaqin shu masjidda saqlangan[3].
2007-yildagi restavratsiyadan oldin masjidning asl inshootining aksariyati vayron boʻlgan, kam sonli arklari saqlanib qolgan edi[5][4]. Qibla devorining markaziy uyasi qolgan ikkitasidan kattaroq boʻlib, devorning tashqi tomondan chiqib turgan mehrob vazifasini bajaradi[6].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 3 4 Abdul-Ali (August 24, 2005), Jawatha Mosque in danger of going down, Al-Ahsa: Jafariya News
- 1 2 3 Roger Wood. An introduction to Saudi Arabian antiquities. Dept. of Antiquities and Museums, Ministry of Education, Kingdom of Saudi Arabia, 1975 — 151-bet. Qaraldi: 2010-yil 18-oktyabr.
- 1 2 „Jawatha Mosque“. Madain Project. Qaraldi: 2023-yil 15-noyabr.
- 1 2 3 4 5 Zami, M. Sharif „Conservation of architectural heritage in Saudi Arabia: The case study of Jawatha Mosque“, . Vernacular Heritage and Earthen Architecture: Contributions for Sustainable Development (Proceedings of CIAV 2013) (en) Correia: . CRC Press, 2014 — 189–193-bet. ISBN 9781138000834.
- 1 2 Peterson, J. E.. Historical Dictionary of Saudi Arabia (en). Rowman & Littlefield, 2020 — xxvi, 35-bet. ISBN 978-1-5381-1980-8.
- ↑ King, Geoffrey R. D.. The historical mosques of Saudi Arabia (en). Longman, 1986 — 168–169-bet. ISBN 0582783925.