Kontent qismiga oʻtish

Jasurbek Abdurayimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jasurbek Odilovich Abdurayimov
 Baliqchi tumani hokimi
Mansab davri
2018-yil 25-maydan - hozirgi vaqtga qadar
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi O‘tkirbek Bektemirov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1979-yil 19-oktyabr
Baliqchi tumani
Millati o‘zbek
Kasbi agronom
Dini islom
Maʼlumoti oliy
Mukofotlari "Shuhrat" medali

Jasurbek Odilovich Abdurayimov () – (1979-yil 19-oktyabr, Baliqchi tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek davlat arbobi, 2018-yil 25-maydan buyon Baliqchi tumani hokimi.[1]

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jasurbek Odilovich Abdurayimov 1979-yil 19-oktyabrda Andijon viloyati, Baliqchi tumanida tugʻilgan. 2000-yilda Andijon qishloq xoʻjaligi institutini agronomiya yoʻnalishini tamomlagan. 2020-yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan[2]. Jasurbek Abdurayimov ilk mehnat faoliyatini 1994-yilda Andijon viloyati Boʻston shirkatlar uyushmasi „Aralxon“ shirkati ishchiligidan boshlagan. 1998-2000-yillarda Baliqchi tumani qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi mutaxassisi, dehqonchilik boʻlimi 1-toifali mutaxassisi, 2000-2001-yillarda Baliqchi tumani „Olimbek“ shirkat xoʻjaligi agronomi lavozimlarida ishlagan.

2001-2003-yillarda "Oʻzmevasabzavot" uyushmasi ishlab chiqarish, tayyorlash va qayta ishlash boʻlimi yetakchi mutaxassisi, 2003-2014-yillarda Gʻoʻza urugʻchiligi Respublika markazining 1-toifali ish yurituvchisi, bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi, 2014-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Paxtachilik va texnika ekinlarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari vazifalarida mehnat qilgan.

2017-2018-yillarda esa Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari – qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018-yil 25-may kuni oʻtkazilgan Xalq deputatlari Baliqchi tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi Jasurbek Abdurayimov Baliqchi tumani hokimi etib tayinlangan[3].

Jasurbek Abduraimovning otasi Odiljon Abdurayimov ham bir vaqtlar Baliqchi tuman hokimi, keyinchalik esa Andijon viloyat hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. [4]