Chikago universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chikago universiteti - AQShning yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1857 yil tashkil etilgan (1886— 89 yillarda ishlamagan, J.D.Rokfellerning moliyaviy yordami tufayli 1890 yil faoliyatini tiklagan, doimiy mashgʻulotlar 1892 yildan boshlangan). 19-asr oxirida xotinqizlarga taʼlim olish huquqini bergan AQShdagi dastlabki universitetlardan biri. 20-asr 1yarmidan yirik ilmiy markaz. 1942 yil bu yerda E.Farmi rahbarligida birinchi marta zanjirli yadro reaksiyasi amalga oshirilgan. universitet biol., gumanitar fanlar, fizika, tijorat, kutubxonachilik, tibbiyot, ped., huquq va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1892 yil tashkil etilgan)da 3,5 mln. ga yaqin asar saklanadi. universitetda 6 mingdan ziyod talaba taʼlim oladi.