Jared Diamond

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jared Diamond

Diamond, 2013-yilda
Tavalludi 10-sentyabr 1937-yil (1937-09-10) (86 yosh)
Boston, Massachusetts, AQSH
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Psixologiya, biofizika, ornitologiya, ekologiya, tarix, geografiya, evolyutsion biologiya va antropologiya
Ish joylari University of California universiteti, Los Angeles
Taʼlimi
Tezis sarlavhasi Concentrating activity of the gall-bladder
Taʼsir koʻrsatgan Yuval Noah Harari
Stephen H. Wright
Mukofotlari

Jared Meyson Diamond (1937-yil 10-sentyabrda tugʻilgan) — amerikalik geograf, tarixchi, ornitolog va "The Third Shimpanzee" (1991); "Guns, Germs, and Stell (1997, Pulitzer mukofoti bilan taqdirlangan); "Collapse" (2005), "The World Until yesterday" (2012) va" Uphaeval" (2019) kabi ilmiy-ommabop kitoblari bilan tanilgan yozuvchi. Dastlab biokimyo va fiziologiya boʻyicha taʼlim olgan Diamond antropologiya, ekologiya, geografiya va evolyutsion biologiya kabi turli sohalarda izlanishlari bilan mashhurdir. UCLA universitetida geografiya professori[1].

2005-yilda Prospect and Foreign Policy tomonidan oʻtkazilgan soʻrovda dunyoning eng yaxshi 100 ta jamoat ziyolilari orasida toʻqqizinchi oʻrinni egallagan[2].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diamond 1937-yil 10-sentyabrda AQShning Massachusets shtati, Boston shahrida tug‘ilgan. Uning ota-onasi ham AQShga koʻchgan Ashkenazi yahudiy oilalaridan edi. Uning otasi Louis Diamond Moldovaning Kishinyov shahridan shifokor va onasi Flora (Kaplan) oʻqituvchi, tilshunos va konsert pianinochisi boʻlgan[3]. Diamond olti yoshidan pianino chalishni boshlaydi. Yillar oʻtib esa xotiniga „A major“da Brahms Intermezzoni chalib bergandan soʻng turmush qurishni taklif qiladi[4].

Yetti yoshidayoq qushlarni kuzatishga qiziqa boshlaydi. Bu mashgʻulot uning asosiy qiziqishlaridan biriga aylandi va natijada ornitologiya boʻyicha bir qator asarlari nashr etildi.

15 yoshida ota-onasi birinchi marta uni AQShning sharqiy qismidan tashqariga, Montanaga olib ketishdi va u yerda Big Hole daryosi boʻyidagi Hirschy oilaviy fermasida dam olishdi. 1956-yilning yozida ranchoga ishlash uchun qaytib keldi, bu paytda u talaba edi. Keyinchalik, shtatning goʻzalligidan hayratga tushib, muntazam ravishda oʻzining oilaviy taʼtillarni shu yerda oʻtkazdi va Montana bilan Bitterroot vodiysi uning "Collapse: How Societies Choose to Fail pr succeed„ kitobidagi asosiy misollardan biriga aylandi.

Ta'limi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diamond Roxbury Lotin maktabida oʻqiydi va 1958-yilda Harvard universitetida biokimyo fanlari boʻyicha bakalavrga aylanadi, 1961-yilda Cambridgedagi Trinity College universitetida oʻt pufagidagi membranalar fiziologiyasi va biofizikasi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi[1][5].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jared Diamond San-Frantsiskoda, 2007-yil

Cambridgeni tugatgandan soʻng, Diamond 1965-yilgacha Harvardda kichik ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritadi va 1968-yilda UCLA tibbiyot maktabida fiziologiya professori boʻladi. Yigirma yoshlarida Yangi Gvineya va yaqin atrofdagi orollarga ixtisoslashgan ornitologiya va ekologiyada ikkinchi karyeyasini boshladi, 1964-yildan ushbu hududlarga tashrif buyuradi. Keyinchalik, 50 yoshida, Diamond atrof-muhit tarixi boʻyicha navbatdagi faoliyatni yoʻlga qoʻydi va UCLAda geografiya professori boʻldi, hozirga qadar shu lavozimda ishlaydi[5]. Shuningdek, Rimdagi LUISS Guido Carlida dars beradi[6].1999-yilda National Medal of Science medalini qoʻlga kiritdi[7], Westfield State universiteti unga 2009-yilda faxriy doktor unvonini berdi.

Diamond dastlab oʻt pufagida tuzni singdirish boʻyicha mutaxassis boʻladi[8]. U, shuningdek, ekologiya va ornitologiya sohalarida ilmiy asarlar nashr ettiradi[9], lekin oʻzi oʻrganganlaridan tashqari, turli sohalardagi mavzularni birlashtirgan bir qator ilmiy-ommabop kitoblar muallifi sifatida ham taniladi. Akademik xilma-xillik tufayli Diamond polimat sifatida tasvirlannadi[10][11].

Ommaviy ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

The Third Chipmanzee (1991)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diamondning birinchi mashhur kitobi “TheThird Champanzee: The Evolution and Future of the Human Animal " (1991) antropologiya, evolyutsion biologiya, genetika, ekologiya va tilshunoslik dalillarini oʻz ichiga olgan holda inson evolyutsiyasi va uning zamonaviy dunyoga aloqadorligini oʻrganadi. Kitob odam DNKsining 98 % dan ortigʻi uning eng yaqin hayvon qarindoshlari, shimpanzelar bilan oʻxshash boʻlishiga qaramay, odamlar boshqa hayvonlardan qanday qilib juda farq qilgani haqida hikoya qiladi. Kitob, shuningdek, til, sanʼat, qishloq xoʻjaligi, chekish, giyohvand moddalarni isteʼmol qilish va boshqa noyob insoniy fazilatlarning hayvonlardan kelib chiqishini oʻrganadi. Kitob tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olindi va 1992-yilda Rhône-Poulenc Prize for Science Books mukofoti[12] hamda Los Angeles Times Book Prize mukofotiga sazovor boʻldi[13].

Guns, Germs, and Steel (1997)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning ikkinchi va eng mashhur ilmiy-ommabop kitobi „Guns, Germs va Steel: The Fates of Human Socities“ 1997-yilda nashr etilgan. Unda nima uchun Yevrosiyo xalqlari tub amerikaliklarni, avstraliyaliklarni va afrikaliklarni zabt etgani yoki koʻchirgani haqida soʻraydi. Uning taʼkidlashicha, bu natija Yevrosiyo xalqlarining genetik afzalliklari bilan emas, balki Yevroosiyo qitʼasining oʻziga xos xususiyatlari, xususan, xonakilashtirish uchun mos boʻlgan yovvoyi oʻsimlik va hayvon turlarining xilma-xilligi va uning tarqalishiga yordam bergan sharq/gʻarbiy asosiy oʻqi bilan bogʻliq.

Kitobning birinchi qismida yovvoyi oʻsimliklar va hayvonlarning bir nechta turlari nega xonakilashtirish uchun mos boʻlganligi sabablariga eʼtibor qaratiladi. Ikkinchi boʻlimda oʻsha uy hayvonlari asosida mahalliy oziq-ovqat ishlab chiqarish zich va tabaqalashtirilgan odamlar populyatsiyasining, yozuvning, markazlashtirilgan siyosiy tashkilotning va epidemik yuqumli kasalliklarning rivojlanishiga qanday olib kelganligi muhokama qilinadi. Uchinchi qism turli qitʼa va dunyo mintaqalari oʻrtasida oziq-ovqat ishlab chiqarish va insoniyat jamiyatlarining rivojlanishini taqqoslaydi. „Guns, Germs, and Steel“dunyo miqyosida bestsellerga aylandi, 33 tilga tarjima qilindi va bir qancha mukofotlarga, jumladan, Pulitzer mukofoti, Aventis Prize for Science Books mukofoti[12] va1997-yilda Phi Beta Kappa Award in Science mukofotiga sazovor boʻldi[14]. Kitob asosida 2005-yilda National Geographic Society tomonidan televizion hujjatli film ishlab chiqarilgan[15][16].

Why is Sex Fun? (1997)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzining uchinchi, 1997-yilda nashr ettirilgan " Why is Sex Fun " kitobida inson jinsiy hayotining xususiyatlariga asos boʻlgan, odatda oddiy deb hisoblangan, ammo insonning hayvon qarindoshlarimiz orasida juda gʻayrioddiy boʻlgan evolyutsion omillarni muhokama qiladi. Bu xususiyatlar orasida uzoq muddatli juftlik munosabatlari (nikoh), umumiy jamoa hududida iqtisodiy hamkorlik qiluvchi juftliklarning birga yashashi, otalar va onalar tomonidan ota-ona qaramogʻini koʻrsatish, ommaviy emas, yashirin jinsiy aloqa, yashirin ovulyatsiya, hayz davrining koʻp qismini (shu jumladan bepushtlik kunlarini), ayollarning menopauzasini va oʻziga xos ikkilamchi jinsiy xususiyatlarni oʻz ichiga olgan ayol jinsiy sezgirligi kabilar bor. 

Collapse (2005)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diamondning 2005-yilda nashr etilgan navbatdagi "Collapse: How societies Choose to Fail or Succed " nomli kitobida o‘tmishdagi bir qator jamiyatlar nima uchun qulagan yoki rivojlanishda davom etganini aniqlashga urinib, zamonaviy jamiyatlar bu tarixiy misollardan nimani o‘rganishi mumkinligini ko‘rib chiqadi. "Guns, Germs, and Steel "da boʻlgani kabi u ekologiyaga eʼtibor qaratish oʻrniga, birinchi navbatda, madaniy omillarga asoslangan oʻtmishdagi jamiyatlarning muvaffaqiyatsizligini tushuntirilgan fikrlarga qarshi chiqadi. Kitobda tilga olingan jamiyatlar orasida Grenlandiyaning Norse va Inuitlari, Mayya, Anasazi, Rapa Nui (Pasxa orol)), Yaponiya, Gaiti, Dominikan Respublikasi va zamonaviy Montananing tub aholisi bor.

Kitob nega baʼzi jamiyatlar halokatli qarorlar qabul qilishlari, yirik korxonalar atrof-muhitga qanday taʼsir qilishlari, bugungi kunda bizning asosiy ekologik muammolarimiz nima va odamlar bu muammolar bilan nima qilishlari mumkinligi haqida ssavollar berish bilan yakunlanadi. „Guns, Germs, and Steel“ singari, "Collapse oʻnlab tillarga tarjima qilindi, xalqaro bestsellerga aylandi va National Geographic Jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan televizion hujjatli filmning asosi boʻldi[17]. Ayrim antropologlar va olimlar Diamondning usullari va xulosalarini tanqid qildilar[18]. Ushbu asar, shuningdek, Royal Society Prize for Science Books mukofotiga nomzod boʻlgan[12].

"Vengeance is Ours" bahsi (2008)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilda Diamondning The New Yorker jurnalida Papua Yangi Gvineyasidagi qabila urushidagi qasosning rolini tavsiflovchi „Vengeance is Ours“ [19] sarlavhali maqolasi chop etildi. Bir yil oʻtgach, maqolada tilga olingan ikki mahalliy aholi Diamond va The New Yorker gazetalariga qarshi sudga murojaat qilib, maqola ularga tuhmat qilganini daʼvo qilishdi[20][21][22] .2013-yilda The Observer daʼvo „ularning advokatining toʻsatdan oʻlimidan soʻng oʻzaro rozilik bilan qaytarib olingan“ deb xabar berdi[3].

Natural Experimentsnof History (2010)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda Diamond (James Robinson bilan birga) "Natural Experiments of History" asarini oʻzi tarafdori boʻlgan tarixni oʻrganishga multidisipliner va qiyosiy yondashuvni koʻrsatuvchi yettita amaliy tadqiqotlar toʻplamini birgalikda tahrir qildi. Kitobning nomi tarixni laboratoriya fanlarining afzal koʻrgan usullari bilan, yaʼni koʻpaytiriladigan inson jamiyatlarini goʻyo bakteriya probirkalari kabi taqqoslaydigan nazorat ostida tajribalar orqali oʻrganish mumkin emasligidan kelib chiqadi. Buning oʻrniga, koʻp jihatdan oʻxshash jamiyatlarda tarixan bezovtalangan tabiiy tajribalarga qarash kerak. Kitobning xulosa qismida tabiiy tajribalar tasniflanadi, ularni o‘rganishning amaliy qiyinchiliklari muhokama qilinadi va bu qiyinchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar beriladi[23].

The World Until Yesterday (2012)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda chop etilgan „The World Until Yesterday“ kitobida Diamond g‘arb dunyosi anʼanaviy jamiyatlardan nimani o‘rganishi mumkinligi haqida soʻz olib boradi. U 39 ta anʼanaviy kichik fermer va ovchi-yigʻuvchilar jamiyatlarini umuminsoniy muammolarga qanday munosabatda boʻlishlarini oʻrganadi. Muhokama qilingan muammolar orasida makonni ajratish, nizolarni hal qilish, bolalarni tarbiyalash, oqsoqollar bilan muomala qilish, xavf-xatarlarga qarshi kurashish, dinlarni shakllantirish, koʻp tillarni oʻrganish va sogʻlom qolish kiradi. Kitobda aytilishicha, anʼanaviy jamiyatlarning baʼzi amaliyotlari bugungi zamonaviy sanoat dunyosida alohida shaxslar yoki umuman jamiyat tomonidan foydali tarzda qoʻllanilishi mumkin. 

Upheaval (2019)[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Upheaveal: How Nations Cope with Crisis and Change" asarida Diamond xalqlar odamlar kabi inqiroz paytida saboq oladimi yoki yoʻqligini tekshiradi. Finlandiya, Yaponiya, Chili, Indoneziya, Germaniya, Avstraliya va AQSh koʻrib chiqilayotgan davlatlar qatoriga kiradi.[24] Diamond toʻrtta zamonaviy tahdidni aniqlaydi: yadroviy qurollar, iqlim oʻzgarishi, cheklangan resurslar va haddan tashqari tengsizlik[25].

The New York Times gazetasini koʻrib chiqqan Anand Giridharadas kitobda koʻplab faktik noaniqliklar borligini taʼkidlaydi[26]. Daniel Immerwahr, The New Republic jurnalini koʻrib chiqib, Diamond „statistik tahlilni bekor qilgan“ini va u bilan bogʻliq qatʼiylikni, hatto, oʻzining oldingi kitoblari standartlariga koʻra baʼzida shu asosda eʼtirozga uchraganini aytadi[27].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diamond polshalik siyosatchi Edward Wernerning nabirasi Marie Cohenga uylanadi. Ularning 1987-yilda tug‘ilgan egizak o‘g‘illari bor[28].

Kengashlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Editorial board of the Skeptic Magazine, a publication of The Skeptics Society
  • Member of the American Academy of Arts and Sciences[29]
  • Member of the National Academy of Sciences[30]
  • Member of the American Philosophical Society[31]
  • U.S. regional director of the World Wide Fund for Nature

Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

 Xuddi qurbaqa Austrochaperina adamantina kabi [32] Sharqiy uzun tumshuqli yexidna Zaglossus bartoni olmosi Jared Diamond[33] sharafiga nomlangan.

Tanlangan bibliografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Jim Al-Khalili talks to Jared Diamond about his journey from the gall bladder to global history via a passion for the birds of Papua New Guinea.“. Qaraldi: 2012-yil 19-dekabr.
  2. „Prospect/FP Top 100 Public Intellectuals Results“ (2005-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 1-mart.
  3. 3,0 3,1 McKie, Robin. „Jared Diamond: what we can learn from tribal life“. The Observer (2013-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 5-yanvar.
  4. Jared Diamond in conversation with Michael Berkeley on the BBC Radio 3 program Private Passions (broadcast March 3, 2013)
  5. 5,0 5,1 5,2 „The Prize Winner, 1998“. Expo-Cosmos. 2009-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-may.
  6. „Geografia politica“. LUISS Guido Carli. Qaraldi: 2019-yil 8-mart.
  7. „The President's National Medal of Science: Recipient Details“. National Science Foundation (1999). Qaraldi: 2019-yil 8-mart.
  8. „Understanding History With 'Guns, Germs, And Steel'“. NPR (2011-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 8-mart.
  9. Diamond, J.; Bishop, K. D.; Gilardi, J. D. (August 5, 2004). „Geophagy in New Guinea birds“ (PDF). Ibis. 141-jild, № 2. 181-bet. doi:10.1111/j.1474-919X.1999.tb07540.x. ISSN 0952-8369. Qaraldi: March 8, 2019.
  10. „The Animal Attraction“. Australian Broadcasting Corporation (2001). 2011-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-mart.
  11. „Rapa Nui déjà vu“. The Economist. The Economist Newspaper Limited (2009-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 8-mart.
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 12,4 12,5 „Prize for Science Books previous winners and shortlists“. Royal Society. 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-may.
  13. „Los Angeles Times Festival of Books – Book Prizes – Winners by Award (science)“. Los Angeles Times. 2002-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-may.
  14. „1997 Phi Beta Kappa Science Book Award“. Phi Beta Kappa. 2005-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-fevral.
  15. Lovgren, Stefan. „'Guns, Germs and Steel': Jared Diamond on Geography as Power“. National Geographic News (2005-yil 6-iyul). Qaraldi: 2012-yil 6-dekabr.
  16. „Guns, Germs & Steel: The Show“. PBS. Qaraldi: 2012-yil 6-dekabr.
  17. Demenocal, Peter B.; Cook, Edward R., muh. (December 2005). „Perspectives on Diamond's Collapse: How Societies Choose to Fail or Succeed“. Current Anthropology. CA Forum on Anthropology in Public. 46-jild, № supplement. S91–S99-bet. doi:10.2307/3597146. ISSN 0011-3204. JSTOR 3597146.(subscription required)
  18. McAnany, P.A. & Yoffee, N. (Eds) (2010). Questioning Collapse: Human Resilience, Ecological Vulnerability, and the Aftermath of Empire. Cambridge University Press.
  19. Diamond, Jared. „Vengeance Is Ours“. Annals of Anthropology (2008-yil 21-aprel), s. 74.(subscription required)
  20. Balter, M. (2009). „'Vengeance' Bites Back at Jared Diamond“. Science. 324-jild, № 5929. 872–874-bet. doi:10.1126/science.324_872. PMID 19443760.
  21. Maull, Samuel. „Author Jared Diamond sued for libel“. AP News (2009-yil 22-aprel). Qaraldi: 2012-yil 8-fevral.
  22. Smillie, Dirk. „Fresh Legal Jab At 'The New Yorker'“. Forbes (2009-yil 19-oktyabr). 2009-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-fevral.
  23. „Natural Experiments of History – Jared Diamond, James A. Robinson“. Harvard University Press. 2021-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  24. „Upheaval review: How countries seldom learn from their past“. The Irish Times (2019-yil 11-may). Qaraldi: 2019-yil 17-may.
  25. Martindale. „Pulitzer Prize-winning author Jared Diamond to discuss new book, 'Upheaval,' in Dallas“. The Dallas Morning News (2019-yil 9-may).
  26. „What to Do When You're a Country in Crisis“. The New York Times (2019-yil 17-may). Qaraldi: 2019-yil 20-may.
  27. „All Over the Map“. June 11, 2019. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  28. Radio interview with Jim Al-Khalili, BBC Radio 4, series The Life Scientific, broadcast 4/12/2012
  29. „Jared Mason Diamond“ (en). American Academy of Arts & Sciences. Qaraldi: 2022-yil 28-aprel.
  30. „Jared M. Diamond“. www.nasonline.org. Qaraldi: 2022-yil 28-aprel.
  31. „APS Member History“. search.amphilsoc.org. Qaraldi: 2022-yil 28-aprel.
  32. Zweifel, R. G. (2000). „Partition of the Australopapuan microhylid frog genus Sphenophryne with descriptions of new species“. Bulletin of the American Museum of Natural History. 253-jild. 1–130-bet. doi:10.1206/0003-0090(2000)253<0001:POTAMF>2.0.CO;2.
  33. Flannery, T.F.; Groves, C.P. (1998). „A revision of the genus Zaglossus (Monotremata, Tachyglossidae), with description of new species and subspecies“. Mammalia. 62-jild, № 3. 367–396-bet. doi:10.1515/mamm.1998.62.3.367.
  34. „Tanner lecturer will present on Tuesday“. SUU News. Southern Utah University (2012-yil 4-mart). 2013-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-sentyabr.
  35. „Jared Diamond, Geographer, Explorer-in-Residence“. National Geographic. Qaraldi: August 10, 2013.
  36. „The 1998 Pulitzer Prize Winners: General Nonfiction“. pulitzerprize.org (1998). Qaraldi: 2013-yil 10-avgust.
  37. Schmidt, Elaine.. „UCLA Physiologist Dr. Jared Diamond Wins National Medal of Science“. UCLA Newsroom (2000-yil 30-yanvar). 2013-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-avgust.
  38. Jared Diamond is awarded by the Academy of Finland, October 5, 2015da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-07-25 {{citation}}: More than one of |archivedate= va |archive-date= specified (yordam); More than one of |archiveurl= va |archive-url= specified (yordam)
  39. „Honorary Fellows“. Trinity College (2013). Qaraldi: 2013-yil 8-sentyabr.
  40. Shmulovich, Michal. „Seven scientists and an architect to be awarded Israel's prestigious Wolf Prize“ (2013-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 6-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]