Jahongir Ismoilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jahongir Xolmurodovich Ismoilov
Tavalludi 1952-yil 20-aprel
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR, O‘zbekiston Respublikasi
Sohasi jurnalistika, adabiyotjurnalistika, nasr, nazm
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Mashhur sovrinlari O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist (2002), “El-yurt hurmati” ordeni sohibi (2013). O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zosi (2002). O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi (2001).

Jahongir Xolmurodovich Ismoilov (1952-yilda tug‘ilgan) — taniqli jurnalist va iste’dodli yozuvchi. O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zosi (2002).

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1952-yil 20-aprelda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi Toshrabot mavzesining Oqrabot qishlog‘ida o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi oilasida tavallud topgan. Beruniy va G‘afur G‘ulom nomli maktablarda o‘qigan. O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng (1969), Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida o‘qiydi (1969—1975).

Mehnat faoliyatini Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi Buxoro davlat universiteti)ning “Ilg‘or fan uchun” gazetasida muharrir vazifasida boshlagan (1974—1976). Uning asosiy jurnalistik faoliyati „Buxoro haqiqati“ (hozirgi „Buxoronoma“) viloyat gazetasida muxbir, muharrir, bo‘lim mudiri, O‘zbekiston radiosida adabiy-dramatik eshittirishlar bosh tahririyatida muharrir, „Buxoro muallimi“ gazetasining tashkilotchisi va muharriri, „Ma’rifat“ gazetasining Buxoro viloyati bo‘yicha maxsus muxbiri bo‘lib ishlagan[1]. „Buxoronoma“ va „Бухарский вестник“ viloyat gazetalari bosh muharriri sifatida faoliyat yuritgan. O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limiga rahbarlik qilgan.

Adabiyotshunos olimlar G‘ayrat Murodov va Nafisa A’loyeva Jahongir Ismoilov ijodi haqida „Erkparvar ijodkor“ (2009) risolasini yozgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahongir Ismoilovning „Navqiron davra“ (jamoaviy to‘plam; 1984), „Dil izhori“ (hammualliflikda; 1987), „Yurtim tarovati“ (1989), „Sog‘inch“ (1995) kabi she’riy to‘plamlari, “Tutash taqdirlar” (1985), „Mashinasini o‘g‘irlatgan domla“ (1998), „Buyog‘i qandoq bo‘larkin?“ (2002), „So‘nggi manzil“ (2007), „Toshboy GAI hangomalari“ (2009), „Tanazzul“ kabi nasriy kitoblari nashr etilgan. „Yillar sabog‘i“ nomli asari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining „Adib va jamiyat“ rukni ostida chop etilgan (2022). U Buxoro viloyati ijodkor o‘qituvchilarining „To‘yona“ nomli bayozi (2001)ning tuzuvchisi va muharriri.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist (2002)[2];
  • „El-yurt hurmati“ ordeni (2013);
  • O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi (2001);
  • Xalqaro „Oltin qalam“ milliy mukofoti (2008).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Мақсудов Р., Ражабов Қ. Қизилтепа тарихи. Тошкент: Тамаддун, 2015 — 235 bet. 
  2. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 26-avgustdagi „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n bir yilligi munosabati bilan fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, ma’rifat, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“ PF-3119-son Farmoni“. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.