Jahon parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti
Sanalar 8–9-sentabr 2022-yil
Shaharlar Toshkent
Ishtirokchilar 120 parlament aʼzolari
Asoschi Parlamentlararo ittifoq
Oliy Majlis Senati
Parlamentlararo ittifoq logotipi

Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammitiBMT, YXHT Parlament assambleyasi, Parlamentlararo ittifoqga a’zo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol-spikerlari va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida 2022-yil Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan sammit. Ushbu sammitda 17 davlatdan 120 dan ortiq parlament vakillari ishtirok etdi[1].

Sammit tashkilotchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parlamentlararo ittifoq va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati.

Ishtirokchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong
Parlamentlararo ittifoq raisi Duarte Pacheco

Parlamentlararo ittifoqqa a’zo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol rahbarlari (spikerlari), deputat ayollar, xalqaro parlamentlararo tashkilotlar vakillari.

Nufuzli mehmonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Duarte Pacheco — Parlamentlararo ittifoq raisi;
  • Martin Chungong — Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi;
  • Turkmaniston Gulshat Mammedova — Turkmaniston Milliy Kengashi Majlisi Raisi;
  • Rossiya Galina Karelova — Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisining o‘rinbosari[2];
  • Ozarbayjon Sahiba Gafarova — Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlis Raisi[3];
  • Belarus Tatyana Runets — Belarus respublikasi Kengashi iqtisod, byudjet va moliya boʻyicha Doimiy komissiya raisi;
  • Belarus Ekaterina Serafinovich — Belarus Respublikasi xalqaro ishlar va milliy havfsizlik boʻyicha Doimiy komissiyasi aʼzosi raisi[4];
  • Indoneziya Puana Maharani — Indoneziya Respublikasi Xalq maslahat kongressi xalq vakillari kengashi raisi[5].

Sammitdagi asosiy masalalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini Internetda targ‘ib qilish va himoya qilishda parlamentlarning harakatlari;
  • xotin-qizlarning ehtiyojmandligini, shu jumladan reproduktiv salomatlik sohasidagi ehtiyojmandligini kamaytirish uchun zarur chora-tadbirlar;
  • adolat, integratsiya va atrof muhit muhofazasiga asoslangan barqaror rivojlanish nuqtai nazaridan iqtisodiyotni tiklash;
  • COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan raqamli iqtisodiyot va mehnat sohasida texnologik innovatsiyalarni targ‘ib qilish;
  • COVID-19 pandemiyasidan keyin iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha ilg‘or tajriba.

Ochilish marosimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sammit 2022-yil 8-sentabr kuni toshkent shahrida oʻz ishini boshladi. Sammitni Parlamentlararo ittifoq raisi Duarte Pacheco hamda Tanzila Norboyeva ochib berishdi.

Bugungi anjuman birinchi marta O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda. Butunjahon parlament ayol rahbarlariga shu munosabat bilan 14-sammitda ishtirok etayotganliklari uchun samimiy minnatdorlik bildirmoqchiman. Nufuzli xalqaro tashkilotlar ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya davrida aynan xotin-qizlar ko‘proq aziyat chekkan. Jumladan, mehnat bozorida mehnat qilayotgan ayollarning 5 foizi ishsiz qoldi, oilalarda yuzaga kelgan murakkab vaziyat ortidan xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari ko‘paydi, ularning iqtisodiy va ijtimoiy holati yomonlashishi ortidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar soni ortdi. Shunday og‘ir sharoitda xalqaro hamjamiyatning birgalikdagi sa’y-harakatlari, bir-biriga xayrixohliklari natijasida vaziyat ancha yaxshilandi[6].

— Tanzila Norboyeva, in

Shundan soʻng, O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning sammit ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatini o‘qib berdi.

Natija[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]