Jabal ud-Duruz
Qiyofa
Jabal ud-Duruz (arabcha: جَبَل الدُّروز Jabal ad-Durūz – darziylarning togʻi) — Suriya jan. va Iordaniyadagi vulkanik massiv. Eng baland joyi 1803 m. Yon bagʻri va choʻqqilari pliotsen davrida harakatda boʻlgan vulkan kraterlaridan iborat. Asosan bazaltlardan tuzilgan. Keng lava maydonlari bilan oʻralgan. Choʻl oʻsimliklari oʻsadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |