Jaʼfar an-Nasafiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jaʼfar an-Nasafiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 961-yil (hijriy 350-yil)
Vafoti milodiy 1041-yil (hijriy 432-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, muarrix

Jaʼfar ibn Muhammad ibn al-Muʼtazz ibn Muhammad ibn al-Mustagʻfir ibn al-Fath ibn Idris al-Mustagʻfiriy an-Nasafiy (Abul Abbos) (milodiy 961-yil (hijriy 350-yil)da tugʻilib, 1041-yil (hijriy 432-yil)da vafot etgan) — muhaddis va muarrix boʻlgan. Xuroson yurtlarini kezgan. Nasafda vafot etgan.

Abu Jaʼfar an Nasafiy — tarix, filologiya, fiqh, hadisshunoslik sohalarida ijod qilgan olim. Uning toʻliq ismi Abul Abbos Jaʼfar ibn Muhammad al-Mustagʻfiriy an-Nasafiydir. Nasafiy turli mavzularga oid 10 dan ortiq asar yozgan. Kitoblari ichida eng mashhuri „Nasaf va Kesh tarixi“ nomli 2 jildli asaridir. Bu kitob bizgacha yetib kelgan emas. Ushbu asarda X-XII asrlarda Kesh va Nasafda yashab ijod qilgan shoir, olim hamda diniy ulamolar haqida maʼlumotlar qayd etilgan. Muallif bu olimlarni 80 toifaga boʻlib tasvirlaydi.

As-Samoniy oʻzining „Kitob al-Ansab“ kitobini „Nasaf va Kesh tarixi“ asaridan foydalanib yozgan. Asardan parchalar, qaydlar keltirgan. „Kitob al-Ansab“da Jaʼfar an-Nasafiyning 18 ustozi va 8 shogirdi haqida maʼlumotlar berilgan. Shuningdek, as-Samoniy Nasafiyning koʻplab hadislar yigʻganini, uning davrida Movarounnahr yerlarida bunday hadis ilmi bilimdoni va hadislarni toʻplab tasniflovchi kishi boʻlmaganini qayd etgan. Samoniy olimning qabri Nasafning vodiy qismida ekanini yozib, uni ziyorat qilganini ham aytib oʻtgan[1].

Abu Jaʼfar an Nasafiy Movarounnahr va Xurosonning turli shaharlari boʻylab sayohat qilgan. Sayohati davomida Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur, Saraxs kabi shaharlarda yashagan. 26 yoshdaligida Nasaf jome masjidida vaʼz oʻqigan. Bu taxminan 987-yilga toʻgʻri keladi. Umrining soʻnggi davrlarida Nasafning bosh voizchisi boʻlgan.

Abul Abbos Jaʼfar an-Nasafiy 1041-yilda Nasafda vafot etgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Maʼrifatu-s-sahoba“ („Sahobalarni bilish“);
  • Daloilu-n-nubuvva“ („Paygʻambarlik belgilari“);
  • Fazoilu-l-Qurʼon“ („Qurʼon fazilatlari“);
  • Tarixu Nasaf“ („Nasaf tarixi“);
  • ash-Shamoyil an-nabaviya“ („Paygʻambarning shakl-shamoillari“);
  • at-Tamhid fi-t-tajvid“ („Tajviddagi muqad-dima“);
  • az-Ziyorotfi kitobi-l-muxtalaf va-l-muʼtalafli Abdilgʻaniy ibn Said“ („Abdulgʻaniy ibn Saidning aniq va noaniqkitobidagi ziyorat bobi“)[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Muhammad, Nosir. Nasaf va Kesh allomalari (o'zbekcha). Toshkent, G'afur G'ulom nashriyoti 2006 — 28 bet. 
  2. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 78 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.