Kontent qismiga oʻtish

Ivan Rashevskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ivan Rashevskiy
Tavalludi 27-yanvar 1849-yil
Chuguyev, Zmiyev uyezdi, Xarkov viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 21-iyul 1921-yil(1921-07-21)
(72 yoshda)
Chernigov, Ukraina SSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi rassom, haykaltarosh, tandiqchi, sanʼatshunos

Ivan Grigoryevich Rashevskiy (ukraincha: Іва́н Григо́рович Раше́вський; 1849-yil 27-yanvar, Chuguyev, Zmiyev uyezdi, Xarkov viloyati — 1921-yil 21-iyul, Chernigov) — ukrainalik rassom, haykaltarosh, tanqidchi va sanʼatshunos. Chernigov ukrain qadimiy yodgorliklari muzeyi direktori, Chernigov jamoat kutubxonasi asoschilaridan biri, Chernigovda Taras Shevchenkoning birinchi yodgorligini oʻrnatish tashabbuskori .

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1849-yil 27-yanvarda Xarkov viloyatining Chuguyev shahrida tugʻilgan[1]. Rashevskiylar oilasi Chernigov viloyati Velikiye Osnyaki qishlogʻida mulkka ega boʻlganligi sababli, rassomning hayotining koʻp qismi getmanlar davri bilan bogʻliq boʻlgan. 1873-yilda Kiyevdagi Avliyo Vladimir universitetining yuridik fakultetini tugatgandan soʻng[1], Imperator Badiiy akademiyasiga erkin tinglovchi sifatida oʻqishga qabul qilingan. Kasbi peyzajchi rassom. Shu bilan birga, Rashevskiy Parijga tashrif buyurgan. 1875-yilda akademiyani tark etib, Ukrainaga, Chernigovga qaytib keladi. 1876—1879-yillarda Chernigov zemstvo kengashining aʼzosi, shuningdek, kelishtiruvchi sudya lavozimida ishlagan. Kiyev, Sankt-Peterburg, Chernigov shaharlarida oʻtkazilgan koʻplab koʻrgazmalarda faol ishtirok etgan[1]. Asosan kolleksiya yigʻish bilan shugʻullangan. Uning kollektsiyasidan Ilya Repin, Vasiliy Surikov, Mixail Juk rasmlari, shuningdek, idishlar va kashtachilik mahsulotlari joy olgan. 1908-yilda Rashevskiy chet elga sayohatga ketadi va sayohat paytida, yaʼni Qora dengizdan Gretsiyagacha boʻlgan hududlarda bolib, u yerlarda bir qancha rasmlarni yaratadi: „Bosfor“ (1908), „Sokrat qamoqxonasi“ (1908) va boshqalar. 1912-yilda Chernigov ukrain qadimiy yodgorliklari muzeyining saqlovchisi, keyinchalik esa direktori boʻladi. Umrining soʻnggi yillarini Chernigovda T. G. Shevchenko haykali oʻrnatish ustidagi ishga bagʻishlaydi. Ivan Rashevskiy 1921-yil 20-iyuldan 21-iyulga oʻtar kechasi vafot etadi, Voznesenskaya cherkovi qabristoniga dafn etilgan[2].

Ijodiy merosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ukraina Tasviriy sanʼat akademiyasi tomonidan taqdim etilgan Ivan Grigoryevich Rashevskiy asarlari katalogida jami 170 dan ortiq buyumlar qayd etilgan[3][4]. Ulugʻ Vatan urushi yillarida Ivan Rashevskiyning koʻplab asarlari yoʻqolgan[1], hozirda Ukraina Milliy sanʼat muzeyi, Taras Shevchenko milliy muzeyi, shuningdek, Chernigov muzeylari va shaxsiy kolleksiyalarda 40 ga yaqin asarlari saqlanmoqda[5]. Rashevskiyning mashhur asarlariga „Po Desne“ (1889), „Desn“, „K ekzamenu“, „Prud v sadu“ (1892), „V krestyanskom dome“, „Na Spasa“ (1900) rasmlari, „Portretnaya skulptura muzikanta Dlusskogo“ (1889), „Poprishchin“ (1892) haykallari, T. Shevchenko haykali uchun loyihalari (1921) kiradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Иван Григорьевич Рашевский“. Qaraldi: 2024-yil 28-may.
  2. Цей факт встановлено завдяки повідомленню наукового співробітника Чернігівського історичного музею Є. М. Шпілевського, який знайшов некролог про І. Г. Рашевського в чернігівській газеті «Известия» за 1921 р.
  3. Карнабіда А. А. (2003). „Іван Рашевський — про що свідчать документи“ (ukrain). № 40. Гарт. 14-bet. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  4. Карнабіда А. А. Іван Рашевський — про що свідчать документи / А. А. Карнабіда // Гарт. — № 40. — 23 вересня 2003. — С. 14
  5. Іван Рашевський. Каталог творів , Музейний простір, 6 вересня 2006