Kontent qismiga oʻtish

Ivan Dobrikov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ivan Dobrikov
Asl ismi ruscha: Иван Андреевич Добриков
Tavalludi 13-aprel 1914-yil
Chistyakovo, Rossiya imperiyasi
Vafoti 29-oktyabr 1943-yil(1943-10-29)
(29 yoshda)
Zarubintsi, Monastirishenskiy tumani, Cherkassi viloyati, Ukraina SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari piyoda askarlar
Xizmatdagi yillari 1936-1943-yillar
Unvoni Kapitan
Harbiy  qism 1131-oʻqchilar polki, 337-oʻqchilar diviziyasi, 40-armiya, Voronej fronti
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari
||

Ivan Andreyevich Dobrikov (ruscha: Иван Андреевич Добриков; 1914-yil 13-aprel — 1943-yil 29-oktyabr) — sovet ofitseri, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (10.01.1944).

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1914-yil 13-aprelda Chistyakovo (hozirgi Toretsk, Donets viloyati, Ukraina) qoʻrgʻonida dehqon olilasida tavallud topgan. Maktabning 7 sinfini tugatgach, togʻ texnikumning birinchi kursini tamomlagan[1].

1936-yil Dobrikov Qizil armiyasi safiga Toshkent viloyatining Bekobod tumani komissarligi tomonidan xizmatga chaqirilgan. 1939-yili kichik leytenantlar kursini tamomladi. Ikkinchi jahon urushi janglariga 1941-yilning iyun oyidan qatnashgan. 1943-yilning oʻrtalarida Dobrikov 1131-oʻqchilar polkining (337-oʻqchilar diviziyasi, 40-armiya, Voronej fronti) shtab boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Kurskdagi janglarda qatnashgan.Poltava viloyatinining ozod qilishda va Dnepr uchun boʻlgan janglarda alohida jonbozlik koʻrsatdi. 1943-yil 10-11 sentyabr kunlari Gadyachni ozod etish uchun boʻlgan janglarda Ivan Dobrikov polkdagi yigʻma guruhi bilan Psyolni kechib oʻtadi va shahar koʻchalaridagi janglarda faol qatnashadi[2].

Janglarda oʻzining shaxsiy tarkibini katta qismini saqlab qoladi, shu bilan birga dushmanning anchagina askar va ofitserlarini qoʻlga olishga muvoffaq boʻladi. Bir necha kun oʻtgach, Chernoklev qishlogʻi yaqinidagi jangda, ikkita guruh boshchiligida Dobrikov aylanma yoʻlni bosib oʻtadi va dushman kuchlarini qanotga xujum qiladi, natijada batalyonga teng dushman piyodalarini yoʻq qiladi. Ushbu jangda u shaxsan dushman pulemyot xisobini yoʻq qiladi va nemis ofitserini asir oladi. 25-sentyabrda Dobrikov batalyon bilan birga Zarubintsi qishlogʻi (Monastirishenskiy tumani, Cherkassi viloyati) hududida Dneprni kechib oʻtib, uning gʻarbiy sohilidagi platsdarmni qoʻlga kiritish va uni ushlab turishda faol ishtirok etadi[3].

Batalyon dushmanni ustunlik qilib turgan balandlikdan siqib chiqarishga va Kolesische qishlogʻiga etib borishga erishadi. 1943-yil 29-oktyabrda Dobrikov jangda vafot etadi, Letskiy qishlogʻida (Pereyaslav-Xmelnitskiy tumani, Kiyev viloyati) dafn etilgan.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 10-yanvardagi farmoni bilan „Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“, Dobrikov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (vafotidan soʻng)[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1987. — T. 1 /Abaev — Lyubichev/. — 911 s. — 100 000 ekz. — ISBN ots., Reg. № v RKP 87-95382.
  2. war-heroes.uz. „DOBRIKOV IVAN ANDREYEVICH“.
  3. warheroes.ru. „Добриков Иван Андреевич“.
  4. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR „O prisvoenii zvaniya Geroya Sovetskogo Soyuza generalam, ofitserskomu, serjantskomu i ryadovomu sostavu Krasnoy Armii“ ot 10 yanvarya 1944 goda // Vedomosti Verxovnogo Soveta Soyuza Sovetskix Sotsialisticheskix Respublik : gazeta. — 1944. — 19 yanvarya (№ 3 (263))