Okop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Okop (rus. okop — xandaq, chukur) — harbiy ishda — jonli kuchlar va jangovar texnikani dushman oʻtidan pana qiladigan, jangovar marra (pozitsiya) vazifasini o'taydigan harbiy muhandislik inshooti. Bobur va Shayboniyxon qoʻshinlarida O. "moʻljar" istilohi bilan ataladi. Toʻfang va miltiqning paydo boʻlishi (16-asr 1-yarmi) natijasida O.ga ehtiyoj sezildi. O.ning keyingi taraqqiyoti oʻyiq stvolli qurollarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq(19-asr 2-yarmi). Odatda, O. bir kishi, boʻlim, pulemyot, minomyot, toʻp, tank va boshqa uchun moʻljallangan boʻladi. Bir kishilik O. yotgan odam koʻrinmaydigan darajadagi oʻlchamda (110—150 sm chuqurlik, 150—170 sm uzunlikda) kaziladi. Bir kishilik O. oʻzaro birlashtirilib, boʻlinma uchun okop hosil qilinadi. Boʻlim O. lari atrofi tuproq bilan shibbalangan chukurlik (transheya), 1—2 kishiga moʻljallangan oʻq otish joylari, qoʻl pulemyoti uchun maydoncha, shaxsiy tarkib uchun oddiyroq pana joy, oʻq-dorilar qoʻyiladigan tokchalardan iborat boʻladi. Minomyot, toʻp, tank va boshqa uchun qurilgan O.da oʻt ochish maydonchasi, ekipaj (raschyot) uchun pana joy, jangovar texnikaning O.ga kirishi va chiqishi uchun yoʻlak hamda brustver (tuprok, koʻtarma) boʻladi. O. barcha turdagi jangovar harakatlarda, ayniqsa, mudofaada keng kullaniladi. O. singuvchi radiatsiyani ancha qaytaradi, zarb toʻlqinini va yorugʻlik nurining shikastlash doirasini ka-maytiradi. O.ni qoʻshinlar oʻz kuchi va maxsus O. kavlash mashinalari bilan kaziydi. O.ning devorlari chim, taxta, shox-shabba va boshqa narsalar bilan mahkamlanadi. Transheya va aloqa yoʻllarining himoya kuvvatini oshirish uchun baʼzan ularning usti yopiladi. Togʻli joylarda O. tosh va harsanglardan terib hosil qilinadi. Yer portlatilib, chukurlik ochiladi. Mustahkam boʻlishi uchun toshlar orasiga tuprok,, baʼzan kum solingan qoplar joylashtiriladi. Barcha xildagi O. joyning tabiiy koʻrinishiga moslab niqoblanadi. Ommaviy qirgʻin kurollari, kimyoviy, biologik (bakteriologik) kurollar mavjud boʻlgan hozirgi sharoitda O. oʻz ahamiyatini ancha yoʻqotdi, lekin hozir ham sharoit taqozosi bilan O.dan foydalaniladi.[1]

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil