Issiqlik jarayoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Issiqlik jarayoni (termodinamik jarayon) - termodinamik sistema makroskopik holatining oʻzgarishi. Agar sistemaning dastlabki va oxirgi holatlari orasidagi farq cheksiz kichik boʻlsa, unda bunday jarayon elementar (cheksiz kichik) deb ataladi[1] .

Issiqlik jarayoni sodir boʻlayotgan sistema ishchi jism deyiladi.

Issiqlik jarayonlarini muvozanatli va muvozanatsiz boʻlinishi mumkin. Muvozanatli jarayon deb, sistema orqali oʻtadigan barcha holatlar muvozanatli holatda boʻladigan jarayonlarga aytiladi. Bunday jarayon taxminan oʻzgarishlar juda sekin sodir boʻlgan hollarda amalga oshiriladi, yaʼni jarayon kvazistatik[1] .

Issiqlik jarayonlari qaytar va qaytmas turlarga boʻlinadi. Agar jarayon bir xil oraliq holatlar orqali teskari yoʻnalishda amalga oshirilishi mumkin boʻlsa, u qaytariladigan jarayon deb ataladi.

Jarayonlar odatda jarayon davomida oʻzgarmaydigan termodinamik miqdorlarga koʻra tasniflanadi[2] . Bir nechta oddiy, ammo amalda keng tarqalgan issiqlik jarayonlari mavjud:

  • adiabatik jarayon ()—atrof-muhit bilan issiqlik almashinuvisiz;
  • Izoxorik jarayon () - doimiy hajmda yuzaga keladigan;
  • Izobarik jarayon () - doimiy bosim ostida sodir boʻladigan ;
  • Izotermik jarayon () - doimiy haroratda yuzaga keladigan;
  • Izentropik jarayon () - doimiy entropiyada yuzaga keladigan;
  • Izentalpik jarayon () - doimiy entalpiyada yuzaga keladigan;
  • Politropik jarayon () - doimiy issiqlik sigʻimida sodir boʻladigan.

Baʼzan butun jarayon davomida bir emas, bir nechta termodinamik miqdorlar oʻzgarmagan boʻlib chiqadi. Masalan, bosim va harorat bir vaqtda oʻzgarmas boʻlgan suyuqlik - bugʻ sistemasidagi bugʻlanish va kondensatsiya izobarik-izotermik jarayonlardir[2] .

Texnikadada aylanma jarayonlar, yaʼni takrorlanuvchi jarayonlar (sikllar) muhim, masalan, Karno sikli, Renkin sikli.

Issiqlik jarayonlari nazariyasi dvigatellarni, sovutish qurilmalarini loyihalashda, kimyo sanoatida va meteorologiyada qoʻllaniladi.

MIrzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti talabasi Shamsiboyev Javlonbek

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Кубо Р., Термодинамика 1970.
  2. 2,0 2,1 Акопян А. А., Общая термодинамика 1955.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]