Izohorik jarayon
Izohorik jarayon - sistema hajmi oʻzgarmagan holda sistemada sodir boʻladigan fizik jarayon. Sistemaning termodinamik holat diagrammasida izohora bilan ifodalanadi.
Qattiq jismdagi jarayonlarda, jumladan, izotermik jarayonlarda hajm deyarli oʻzgarmagani uchun ular, odatda, Izohorik jarayon
deb hisoblanadi. Shuningdek, juda tez sodir boʻladigan jarayonlar (mas, portlash jarayoni) da hajm oʻzgarishga deyarli ulgurmagani sababli ularni I. j. deb qarash mumkin. I. j. issiqlik mashinalari (mas, Otto, Dizel sikllari)da uchraydi.
I. j .da hajm oʻzgarishi bilan bogʻliq mexanik ish bajarilmaydi; sistemaning ichki energiyasi oʻzgarishi issiqlik yutilishi (yoki chiqarilishi) tufayli sodir boʻladi va temperaturaning oʻzgarishi (ortishi) bosimning oʻzgarishi (ortishi)ga olib keladi. Ideal gyazdagi I. j. Sharl konunit boʻysunadi (qarang Izohora), real gazlardagi I. j. Sharl qonuniga boʻysunmaydi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |