Isroil Ortiqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ortiqov Isroil (1907, Qoʻqon -1938.5.10, Toshkent) — jamoat arbobi. Otasi dashnaksutyunlar tomonidan oʻldirilgan (1918). Yoshlar tashkiloti idoralarida faoliyat koʻrsatgan (1928 yildan). Oʻzbekiston komsomoli MK 1-kotibi (1931—37). O. tashabbusi bilan Toshkentda zarbdor yoshlar koʻrigi (1931 yil 12 may) boʻlib, unda yigit-qizlar Oʻzbekistondagi yirik sanoat korxonalarini kurishda faol ishtirok etishga chaqirildi. Quvasoy sement kombinati, Toshkent toʻqimachilik kombinati, Chirchiq elektrokimyo kombinati, Buxoro va Samarkand ip-yigiruv fabrikalari, Margʻilon shoyi toʻqish kombinati va boshqa inshootlar qurilishida yoshlar katta xizmat qilgan. O. maorif jabhasidagi yoshlar faoliyatini ham yoʻnaltirib turgan. 1937 yil 14 oktabrda xibsga olingan va unga Oʻzbekiston yoshlarini millatchilik ruhida tarbiyalaganlik aybi qoʻyilgan. SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasining Toshkentdagi sayyor majlisi karori bilan "xalq dushmani" sifatida otishga hukm qilingan. O. 1956 yil 12 iyunda SSSR Oliy sudining karori bilan toʻla oklangan.

Ad:. Mahmudov M., Barhayot siymolar, T., 1981; Usmonov I., Qatagʻon qurbonlari, T., 1992.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil