Kontent qismiga oʻtish

Ismoil Haniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ismoil Haniya
Ismoil Abdusalom Ahmad Haniya
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1963-yil 29-yanvar
Vafoti 31-iyul 2024-yil(2024-07-31)
(61 yoshda)
Tehron, Eron
Oʻlim sababi Ismoil Haniyaning oʻldirilishi
Bolalari 13 ta (shundan 3 tasi vafot etgan)
Istiqomat joy(lar)i Doʻha, Qatar
Alma mater

Ismoil Haniya (arabcha: إسماعيل هنية)(1963-yil 29-yanvar – 2024-yil 31-iyul) — Hamasning asosiy rahbari, falastinlik siyosatchi. 2007–2024-yillarda Gʻazo sektorini boshqargan[1]. U 2024-yil 31-iyulda Eronda o‘ldirilgan[2] va to vafotigacha Qatarda istiqomat qilgan[3].

Haniya 1963-yilda Misr tomonidan bosib olingan Gʻazo sektoridagi ash-Shati qochqinlar lagerida tug‘ilgan. U Gʻazo islom universitetida arab adabiyoti boʻ yicha bakalavr darajasida tahsil olgan va u yerda ilk marotaba Hamas bilan aloqada boʻlgan.

Haniya 2006-yilgi Falastin qonunchilik saylovlarida gʻalaba qozongan va shu tariqa Falastinning bosh vaziri boʻlgan. Biroq, 2007-yil 14-iyunda Falastin milliy maʼmuriyati prezidenti Mahmud Abbos Haniyani lavozimidan ozod qilgan. Haniya esa oʻsha paytda davom etayotgan Fatah–Hamas mojarosi tufayli Abbosning buyrugʻini tan olmadi va Gʻazo sektorida bosh vazirlik qilishda davom etdi[4].

Haniya 2006-yildan 2017-yilning fevraligacha G‘azo sektoridagi Hamas yetakchisi boʻlgan, uning o‘rniga esa Yahyo Sinvar kelgan. 2017-yilning 6-mayida Haniya Xolid Mashal o‘rniga Hamas siyosiy byurosining raisi etib saylanadi va u Gʻazo sektoridan Qatarga koʻchib keladi[5][6]. 2024-yilning 31-iyuliga kelib Eron ommaviy axborot vositalari Haniyaning Eronga tashrifi chog‘ida o‘ldirilgani haqida xabar berishdi[7].

Ismoil Abdusalom Ahmad Haniya Misr tomonidan bosib olingan G‘azo sektoridagi ash-Shati qochqinlar lagerida falastinlik musulmon oilada tug‘ilgan[8]. Uning ota-onasi 1948-yilgi Arab-Isroil urushi paytida sodir boʻlgan quvgʻindan oldin hozirgi Ashkelonda istiqomat qilishgan[9]. U oilasini boqish uchun yoshligidan Isroilda ishlagan[10].

Dastlab Haniya BMT qoshidagi maktabda oʻqigan. Soʻngra Gʻazo Islom universitetiga oʻqishga kirgan va u yerda arab adabiyoti boʻyicha tahsil olib, 1987-yilda bitirgan[9][11]. Universitetda oʻqib yurgan paytlarida u Hamas bilan ilk aloqalarini boshlagan[9]. 1985–1986-yillarda Musulmon birodarlar vakili sifatida talabalar kengashiga rahbarlik qilgan[11].

Ismoil Haniya 2024-yil 31-iyulda Tehrondagi uyida prezident Masʼud Pizishkiyonning inauguratsiya marosimida qatnashayotgan vaqtda oʻldirilgan. Haniyaning oʻlimi sabablari tekshirilmoqda[12][13].

  1. Alshawabkeh, Lina „Who are the leaders of Hamas?“ (en-GB). BBC News (2023-yil 17-oktyabr). 2023-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.
  2. „Hamas's Ismail Haniyeh killed in Tehran home“ (en). The Jerusalem Post (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 31-iyul.
  3. „Ismail Haniyeh“ (en). Counter Extremism Project. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  4. „Abbas sacks Hamas-led government“ (2007-yil 14-iyun). 2007-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  5. „Ex-Gaza leader Haniyeh reportedly to replace Mashaal as Hamas head“ (2016-yil 5-sentyabr). 2023-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  6. Akram, Fares „Hamas says Ismail Haniyeh chosen as Islamic group's leader“. Yahoo News. Associated Press (2017-yil 7-may). 2017-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-may.
  7. Livingstone, Helen. „Middle East crisis: Hamas says leader Ismail Haniyeh killed in Iran – latest updates“. The Guardian.
  8. „Profile: Ismail Haniya, Hamas' political chief“ (en). Al Jazeera (2017-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 5-iyun.
  9. 9,0 9,1 9,2 „Profile: Hamas PM Ismail Haniya“ (2006-yil 14-dekabr). 2021-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  10. „Legitimacy of Israel's War on Hamas Undermined by Civilian Toll“ (en-US). Diplomacy in Ireland - The European Diplomat (2024-yil 13-yanvar). 2024-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  11. 11,0 11,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named tbt
  12. Mehr News Agency. „Hamas chief Ismail Haniyeh martyred in Tehran“ (inglizcha) (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 31-iyul.
  13. „Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya o‘ldirildi“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 31-iyul.