Kontent qismiga oʻtish

Ismoil Haniyaning oʻldirilishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ismoil Haniyaning oʻldirilishi
Joylashgan Tehron, Eron
Sana 31-iyul, 2024-yil(2024-07-31)
Nishon Ismoil Haniya
Hujum turi
Hujum
Halok boʻlganlar 2

Ismoil Haniyaning oʻldirilishi – 2024-yil 31-iyulda HAMAS yetakchisi Ismoil Haniya Tehrondagi uyida prezident Masʼud Pizishkiyonning inauguratsiya marosimida qatnashayotgan vaqtda oʻldirilgan. Haniyaning oʻlimi sabablari tekshirilmoqda[1].

Ismoil Haniya (oʻrtada). 2024-yil 30-iyul.

Ismoil Haniya 1980-yildan Hamas harakati aʼzosi hisoblanadi. 2017-yilda HAMAS harakatining yetakchisi etib tayinlanadi. AQSh Davlat departamenti 2018-yilda Haniyani terrorchi deb eʼlon qiladi.

Oʻldirilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismoil Haniyaning oʻldirilgani haqidagi dastlabki xabarni Eron Islom Inqilobi Qoʻriqchilari Korpusi (IIQK) tarqatadi. Korpus uning oʻlimi holatlari boʻyicha cheklangan maʼlumotlarni taqdim etgan va voqea tergov qilinayotganini bildirgan. HAMAS tarqatgan xabarga koʻra, Haniya havo hujumi natijasida oʻldirilgan.