Ismoil Ahmedov
Ismoil Ahmedov | |
---|---|
Unvoni | Kavkaz muftiysi |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi |
27-noyabr 1907-yil Shaki, Nuxa uyezdi, Elizavetpol guberniyasi, Rossiya Imperiyasi |
Vafoti |
18-fevral 1986-yil (78 yoshda) |
Dini | Islom |
Farzandlari | Ahmed-Kamal, Ahmad-Jabir Ahmadov, Ahmed-Jamal, Niyazi Ahmadov, Sedaqet, Kifayet, Nezaket, Nehayet |
Ota-onasi |
|
Maktab | Sunni |
Ismoil Ahmedov (ozarbayjon: İsmayıl Əhmədov; 1907–1986) – Kavkaz musulmonlar idorasi 10-muftiysi[1][2].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ismoil Ahmedov 1907-yil 27-noyabrda Shaki shahrida tugʻilgan. 1916–1918-yillarda Shaki boshlangʻich maktabida, keyin shahar maktabida, 1923–1930-yillarda madrasada oʻqigan. 1936-yilda turmush qurgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1941-yil 23-iyunda Ikkinchi jahon urushi uchun Nuxa harbiy komissarligidan armiya safiga chaqirilgan. „Stalingrad mudofaasi uchun“ medali va „Harbiy xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlangan[1][3][4].
1945–1967-yillarda Nuxa maishiy xizmat koʻrsatish majmuasida sartarosh boʻlib ishlagan. Keyin Bokuga koʻchib oʻtgan va salkam ikki yil Hoji Ajdarbey (Koʻk masjid) masjidida mulla boʻlib ishlagan[1].
1969-yil may oyida Hoji Ismoil Ahmedov Kavkaz musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari etib saylandi[1][5]. U bir qancha xorijiy mamlakatlarga sayohat qilib, koʻplab oliy musulmon majlislari va tinchlik anjumanlarida qatnashgan.
Vafoti va meros
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ahmedov 1986-yil 18-fevralda 78 yoshida Bokuda vafot etdi. Uning vafotidan keyin bu lavozim 1989-yilgacha boʻsh qoldi[1]. 1932-yilda yozgan „Ramazon“ nomli qasidasi vafotidan keyin nashr etilgan[5][6].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Nurullayev. „"Şeyxulislamlıq zirvəsi: Hacı Allahşükür Paşazadə — The peak of Sheikhulism: Haji Allahshukur Pashazadeh"“. Wayback Machine. Nurlar. 2017-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
- ↑ Həmidov, Ənvər. O torpağın övladları — Children of that land. Baku: Nurlan, 2006 — 70-71-bet.
- ↑ „Ахмедов Исмаил Гаджикадар-оглы“. pamyat-naroda.ru. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
- ↑ „Ахмедов Исмаил Гаджи Кадыр-оглы“. pamyat-naroda.ru. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
- ↑ 5,0 5,1 Orsər, Ramiz. Şəkidən gələn səslər — Sounds from Shaki. Baku: Elm və təhsil, 2018 — 201-202-bet. Orsər, Ramiz (2018). Şəkidən gələn səslər – Sounds from Shaki. Baku: Elm və təhsil. pp. 201–202.
- ↑ ŞAZ-1. İsmayıl Əhmədov (müfti) (az). Baku: Bakı Universiteti Nəşriyyatı, 2002 — 78-bet.