Islombek Arslonbekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Islombek Arslonbekov
Tavalludi 1901-yil
Vafoti 1938-yil
Taʼlimi Oʻrta Osiyo Kommunistik Universiteti
Faoliyat yillari 1920-1938
Partiyasi Kommunistik partiya

Islombek Arslonbekov (1901 — 1938) — Andijon shahar partiya komiteti sekretari.

Islombek Arslonbekov 1901-yil Andijonda ishchi oilasida tugʻilgan. 1920-yildan boshlab partiya aʼzosi, partiya bileti raqami: 2737523, 1371751. 1910-1914-yillarda Andijondagi b oshlangʻich maktabda tahsil olgan. 1919-yildan boshlab oʻqishini harbiy maktabda davom ettiradi. Bu yerdagi taʼlim 6 oy davom etgan. 1927—1928-yillarda Toshkentdagi Oʻrta Osiyo Kommunistik universitetida tahsil olgan. 1915-1918-yillarda Toshkentning boylaridan boʻlgan, Burdajar nomli pivo zavodi egasi Bukovskiy qoʻlida oddiy ishchi sifatida ishlagan. 1919—1921-yillar orasida Qizil armiyaga chaqirilgan va armiya saflarida xizmat qilgan. 1921-1923-yillarda Andijon va Jalolobod shaharlarida koʻngilli politsiya otryadi safida bosmachilarga qarshi urush olib borgan. 1924-1925-yillarga kelib Sharqiy Pomir revolutsion komitet raisi, 1925—1927-yillarda Mirzachoʻl tumanida shahar-uyezd ijroi komitet raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 1917—1928-yillari Toshkentda joylashgan Oʻrta Osiyo Kommunistik universitetida oʻqigan. 1928—1930-yillarda Namanganda partiya komiteti, 1930—1932-yillarda Norin partiya komiteti, 1932—1934-yillarda Bulungʻur partiya komiteti, 1934—1936-yillarda Andijon shahrida partiya komitetining sekretari sifatida ishlagan. Shu paytlardan boshlab shahar sovetiga, uyezdi, okrugi va partiya komitetlariga aʼzo boʻlgan. OʻzKompartiya Markaziy komitetiga aʼzo boʻlib saylangan[1].

Islombek Arslonbekov 1935-yillarda Andijon shahridagi partiya komiteti sekretari sifatida ishlayotganida yozgan tarjimayi holida: Mening otam doim bogʻdorchilik, qishloq xoʻjaligi bilan mashgʻul boʻlgan. Hozirda 73 yosh. Ishlamaydi, mening qaramogʻimda yashaydi. 1934-yil 1-avgustdan boshlab to hozirgacha OʻzKompartiya Markaziy komitetining qaroriga koʻra Andijon shahridagi partiya komitetining birinchi sekretari boʻlib ishlayapman. 1933—1934-yillarda oʻtkazilgan partiya tozalovidan oʻtdim, tekshirilgan deb hisoblanganman, degan maʼlumotlar yozilgan. Partiya roʻyxatining kadrni hisobga olish shaxsiy varaqasida Islombek Arslonbekov toʻgʻrisida ijobiy fikrlar joy olgan[2]. 1936-yil I.Arslonbekov Moskvaga oʻqishga joʻnatilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmay Moskvadan chaqirib olinadi va partiyadan oʻchiriladi. Keyinchalik ishdan olinadi. Partiyadan oʻchirilgandan keyin Samarqand tumani yer boʻlimi boshligʻi qilib tayinlanadi. 1937-yil 8-oktyabrda Samarqandda ishlayotganida qamoqqa olinadi. Toshkent turmasiga olib kelib qamoqqa tashlanadi. Ustidan tergov boshlanadi.

SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining 1938-yil 8-oktyabrdagi sayyor yigʻilishida Islombek Arslonbekov otishga hukm qilinadi. Hukm oʻsha kuni ijro etiladi[3].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rustam Shamsuddinov „ЎЗБЕКИСТОНДА СОВЕТ ДАВЛАТИНИНГ ҚАТАҒОН СИЁСАТИ: КЕЛИБ ЧИҚИШИ САБАБЛАРИ ВА ФОЖИАЛИ ОҚИБАТЛАРИ“. ziyouz.com. Qaraldi: 6-iyun 2023-yil.
  2. O‘zR PDA. 58-fond, 65-ro‘yxat, 72-ish — 22-26 bet. 
  3. RF RFXXMA. 7-fond, 1-ro‘yxat, 10-ish — 535 bet.