Kontent qismiga oʻtish

Islom Zoirov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Islom va familiyasi Zoirov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Islom Zoirov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Islom Boboevich Zoirov
Tavallud sanasi 12-yanvar 2002-yil (2002-01-12) (24 yosh)
Tavallud joyi Koʻlob, Tojikiston
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Xosilot
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Lokomotiv-Pomir
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020 Lokomotiv-Pomir 12 (3)
2021—2022 Istiqlol 29 (3)
2023 Aluston-YUBK
2024— Xosilot 13 (3)
Milliy terma jamoa
2019 Tojikiston U17 3 (0)
2022 Tojikiston Olimpiya 3 (0)
2020—2022 Tojikiston 8 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 15-aprel uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (29-mart uchun)

Islom Zoirov (forscha: ‌ اسلام زائروف‎, ruscha: Ислом Зоиров; 2002-yil 12-yanvarda tugʻilgan) – tojikistonlik professional futbolchi, hozirda Hosilot Farxor jamoasida hujumchi ampulasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom Respublika oliy sport mahorati maktabida (ROSHSM) futbol bilan shugʻullangan va u yerda oʻz avlodining eng yaxshi oʻyinchilardan biri boʻlgan[1]. 2016-yilda 1999—2000-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida Tojikiston chempioni unvonini qoʻlga kirigan[2]. 2017-yil yakunlariga koʻra, Tojikiston futbol federatsiyasining „Yil kashfiyoti“ mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan[3].

Faoliyatini 2019-yilda „Lokomotiv-Pomir“ jamoasida boshlagan. 2019-yilgi mavsum yakuniga koʻra, jamoa Birinchi liga turnirida gʻolib boʻlib, Tojikiston Oliy ligasiga yoʻllanma olgan. Zoirov 2020-yil 19-aprelda Dushanbe CSKA jamoasiga qarshi oʻyinda (3:1) Oliy ligadagi ilk oʻyinini oʻtkazgan. 2020-yil oxirida 18 yoshli futbolchi Rossiyaning „Ximki“ jamoasiga sinovdan oʻtish uchun yoʻl olgan[4].

Shunga qaramay, keyingi mavsumni u Dushanbe>ning „Istiqlol“ jamoasida boshlagan[5]. Jamoa tarkibida AFC Kubogida ilk bor qatnashgan. 2021-yilgi mavsum yakuniga koʻra, „Istiqlol“ bilan birga Tojikiston chempionatida gʻolib boʻlgan[6] va Tojikiston Kubogi finaliga chiqqan[7]. 2022-yil may oyida „Istiqlol“ hal qiluvchi oʻyinda „Xoʻjand“ klubini[8] 1:0 hisobi bilan yengib, Tojikiston Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2022-yil iyul oyida u totalizatorda oʻynagani uchun uch yilga Tojikistondagi musobaqalalrda ishtirok etishdan chetlatilgan va Tojikiston futbol federatsiyasi tomonidan 10 ming somoniy jarima olganidan soʻng jamoani tark etgan[9].

2022-yilning sentyabridan oktyabr oyigacha Qrim Premyer-ligasida Alushtaning „Aluston-YUBK“ jamoasida toʻp surgan[10]. Keyinchalik Rossiyada Media futbol ligasida oʻynagan. 2024-yil yozida Zoirovning Tojikistondagi taqiqi yumshatildi va u Tojikiston chempionatining „Hosilot“ klubiga qoʻshilib, professional futbolga qaytishga muvaffaq boʻlgan[11].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tojikistonning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida oʻynagan. 14 yoshgacha boʻlgan terma jamoa bilan birga 2016-yilgi OFK mintaqaviy futbol festivalida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[12]. 16 yoshgacha boʻlgan terma jamoa tarkibida 2018-yilda Malayziyada oʻtkazilgan Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan, keyinchalik esa 2019-yilda Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Braziliya mundialida jamoa sardori vazifasini bajargan[13][14]. 2018-yilgi Qozogʻiston Prezidenti kubogining bronza medali sovrindori[15]. 2019-yilgi Granatkin xotira turniri ishtirokchisi[16].

Tojikiston milliy terma jamoasi safida 2020-yil 7-noyabrda Bahraynga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (0:1) debyut qilgan[17]. 2022-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilgan Navroʻz kubogida bronza medal sohibi boʻlgan[18]. Milliy terma jamoa safida jami 8 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan (Tailand darvozasiga)[19].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil 3-iyulda boʻlib oʻtgan oʻyin[20]
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa Jami
Dvizion Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Istiqlol 2021[21] Tojikiston oliy ligasi 23 2 4 0 1 [izoh 1] 0 0 [izoh 2] 0 28 2
2022[22] 6 1 0 0 5 [izoh 1] 0 1 [izoh 2] 0 12 1
Jami 29 3 4 0 6 0 1 0 40 3
Umumiy 29 3 4 0 6 0 1 0 40 3

Izohlar

  1. 1,0 1,1 Osiyo Chempionlar Ligasidagi o‘yinlari
  2. 2,0 2,1 Tojikiston Superkubogidagi o‘yinlari
Tojikiston terma jamoasi
Yil Isht Gol
2020 2 0
2021 yil 5 1
2022 1 0
Jami 8 1

2022-yil 29-mart oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.

Hisob va natijalar birinchi boʻlib Tojikistonning gollar sonini sanab oʻtadi.

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2021-yil 29-may Xolid bin Muhammad stadioni, Sharja, Birlashgan Arab Amirliklari  Tailand 2 – 2 2–2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
Istiqlol
  1. „Трио «Истиклола» претендуют на звание игрока года“ (ru). fc-istiklol.tj. 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  2. „Юноши «Истиклола» выиграли серебряные медали чемпионата Таджикистана (ФОТО)“ (ru). fc-istiklol.tj. 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  3. „Фатхулло Фатхуллоев и Никола Стошич – претенденты на звание лучшего игрока 2017 года“ (ru). fc-istiklol.tj. 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  4. „Ислом Зоиров проходит просмотр в российском клубе «Химки»“ (ru). fft.tj. 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  5. „Ислом Зоиров выбрал себе 84-й номер“ (ru). fc-istiklol.tj. 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  6. „«Истиклол» досрочно выиграл чемпионат страны!“ (ru). fc-istiklol.tj. 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  7. „«Истиклол» уступил «Худжанду» в финале Кубка Таджикистана“ (ru). fc-istiklol.tj. 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  8. „«Истиклол» в одиннадцатый раз выиграл Суперкубок Таджикистана“ (ru). Радио Озоди (2022-yil 9-may). 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  9. „Таджикские клубы провели чистку: кто ушел, кто пришел - список“ (ru). SPORTS.tj (2022-yil 3-avgust). 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  10. „Заиров Ислом Бобоевич“ (ru). cfu2015.com. 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  11. „Легионеры покидают чемпионат Таджикистана: трансферное окно открыто“ (ru). Sports.tj (2024-yil 13-iyul). Qaraldi: 2025-yil 7-yanvar.
  12. „Таджикские юноши победой завершили Фестиваль футбола АФК“ (ru). fc-istiklol.tj. 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  13. „ИСЛОМ ЗОИРОВ: РЕБЯТА ГОРЯТ ЖЕЛАНИЕМ ДОСТОЙНО ВЫСТУПИТЬ НА ЧЕМПИОНАТЕ МИРА-2019 В БРАЗИЛИИ“ (ruscha). fft.tj/. Tajikistan Football Federation (26-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2020-yil.
  14. „Ислом Зоиров выбрал себе 84-й номер“ (ru). fc-istiklol.tj. 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  15. „Команда Академии «Краснодар» стала победителем Кубка Президента Казахстана“ (ru). Sport.kg. 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  16. „Юношеская сборная Таджикистана (U-17) завершила выступление на Мемориале Гранаткина-2019 на победной ноте“ (ru). fft.tj. 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  17. „СБОРНАЯ ТАДЖИКИСТАНА МИНИМАЛЬНО УСТУПИЛА БАХРЕЙНУ В ТОВАРИЩЕСКОМ МАТЧЕ“ (ruscha). fft.tj/. Tajikistan Football Federation (7-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2020-yil.
  18. „«Кубок Навруз-2022» - у Узбекистана!“ (ru). Sport.kg. 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  19. [[{{{1}}} milliy futbol terma jamoasi|{{{1}}}]]
  20. Islom Zoirov Soccerway saytida
  21. 2021 FC Istiklol season
  22. 2022 FC Istiklol season
  23. „ИСТИКЛОЛ ПОЛУЧИЛ КУБОК ЗА ПОБЕДУ В COCA-COLA-ЧЕМПИОНАТЕ ТАДЖИКИСТАНА-2021!“ (ruscha). fc-istiklol.tj/. FC Istiklol (24-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 1-dekabr 2021-yil.
  24. „ИСТИКЛОЛ СТАЛ ОДИННАДЦАТИКРАТНЫМ ОБЛАДАТЕЛЕМ СУПЕРКУБКА ТАДЖИКИСТАНА“ (ruscha). fft.tj/. Tajikistan Football Federation (8-may 2022-yil). 2022-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2022-yil.