Isfara (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Isfara daryosi Chorku qishlogʻida (Tojikiston)

Isfara (yuqori oqimida Oqsuv, oʻrta oqimida Karavshan) — Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston respublikalaridagi daryo. Turkiston tizmasining shim. yon bagʻridagi Oqsuv muzligidan boshlanadi. Kishmishsoy bilan qoʻshilgach, I. nomini oladi. I.ning muzliklardan boshlanadigan 60 ga yaqin mayda irmogʻi bor. Konibodom sh.dan 7—8 km jan.sharqda Fargʻona vodiy-sining tekislik qismiga chiqadi. Uz. 107 km, havzasining mayd. 3240 km², oʻrtacha bal. 2260 m. I. xavzasida umumiy mayd. 169,6 km² boʻlgan 210 ta muzlik bor, ularning eng kattalari Oqsuv (mayd. 17,4 km²) va Jiltiq (mayd. 21,4 km²) muzliklaridir. I., asosan, muzlik va krr suvlaridan toʻyinadi. I. oʻrtacha yillik suv sarfi Toshqoʻrgʻon yaqinida 14,5 m³/sek. Eng katta suv sarfi 150 m³/sek. (1973 y. 5 avg .), eng kichik suv sarfi 0,050 m³/sek. (1975 y. 28 mart). Tulinsuv davri (may—sent.)da yillik oqimining 80—85% oqib oʻtadi. Iyul oyida oʻrtacha oylik suv sarfi 43,6 m³/sek.ga yetadi. Mart—apr. oylarida oʻrtacha oylik sarfi 3,5—4,0 m³/ sek. gacha kamayadi. I. Fargʻona vodiysiga yiliga oʻrtacha 290 ming t loyqa keltiradi. I. suvining hammasi sugʻorishga sarf boʻlganligi uchun Sirdaryoga yetib bormaydi. I. boʻyida Qirgʻizistonning Jiltiq, Tamingen ovullari, To-jikistonning Isfara sh., Toshqoʻrgʻon, Surx, Xonobod, Neftobod, Rabot qishloqlari joylashgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil