Iroda Iskandarova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Iroda Iskandarova
Tavalludi sanasi

30-oktabr 1972 (1972-10-30) (47 yosh)
Tavalludi joyi Xorazm, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston Oʻzbekiston
iskandarova.uz

Iskandarova Iroda Karimovna — 1972-yil 30-oktyabrda Xorazm viloyati, Xonka tumanida tavallud topgan. U sanʼatsevar oilada tugʻilgan boʻlib, uning ota-onasi sanʼatni juda yaxshi koʻrishgan. Onasi shifokor boʻlishiga qaramasdan, ikkinchi kasbi hisoblangan xorazm folklyor yoʻnalishdagi xalfachilik janrida qoʻshiq ham kuylar edi. Bu janrda garmon doira joʻrligida jonli ijro etiladi. Yosh Iroda 5-sinfdan boshlab onasini yonida doira chalib yurar edi. Oʻsha davrdanoq Irodada saʼnatga mehr uygʻongan boʻlsa ne ajab. Bu olamga tobora qiziqib borgan xonandamiz asta-sekin onasidan xalfachilik janrida dars olishni boshlagan. 8-sinfdan esa oʻzi garmonda qoʻshiq kuylab, shu yilning oʻzida, yaʼni 1987-yil ilk albomini Arka kizlar nomi bilan keng ommaga taqdim etgan.

Sanʼatdagi bilimini kuchaytirish maqsadida 1987-yili Al-Xorazmiy nomidagi Urgench pedagogika bilim yurtining musiqa boʻlimiga oʻqishga kiradi. Ushbu maskanda u musiqa sir-asrorlarini oʻrgana boshlaydi.

  • 1988-yilda esa Xorazmda Iroda Xalfa nomi bilan anchayin tanilib ulguradi. Bu orada Iroda Noz bilan nomli yana bir albomini yozib tugatadi. Tahsil olib yurgan kezlari ijro etgan qoʻshiqlarining aksari birinchi ustozi, yaʼni onasi Roʻzmetova Saporgul kuylagan qoʻshiqlar boʻlib, ushbu taronalar zamon bilan hamnafas holda estrada ohanglari uygʻunligida kuylangan edi.
  • 1992-yili Toshkentda boʻlib oʻtgan Anor musiqa tanlovida estrada yoʻnalishda xalfa yoʻli bilan qatnashdi.
  • 1993-yil Xorazm viloyatida Botir Zokirov nomiga bagʻishilangan tanlovda Botir Zokirov qoʻshiqlaridan birini ijro etib, 1-oʻrinni oladi.
  • 1995-yil estrada yoʻnalishda ilk bor xorazmcha Bahor nafasi albomi sotuvga chiqdi, shu yili Xorazmda katta konsert dasturini taqdim etishga ham musharraf boʻldi.
  • 1998-yilda Ishonmayman deb atalgan yangi albomi koʻp nusxada sotuvga chiqarilib, muxlislar tomonidan yaxshi qabul qilindi.
  • 2001-yilda Iroda Iskandarova Toshkent Davlat Madaniyat inistutiga oʻqishga kiradi va bu Toshkentda ijodini boshlaydi.
  • 2002-yil Mudofaa Vazirligi qoshidagi Qurolli kuchlar ansambliga xonanda boʻlib ishga kiradi va hozirgi kunga qadar shu yerda faoliyat yuritmoqda.
  • 2005-yil 1-2-mart kunlari „Turkiston“ saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Shu yili Sevar edim albomi ham muxlislar hukmiga havola qilinadi.

Toshkentdagi 2-albomi 2008-yili Ohlarim nomi bilan chiqdi. Shu kunga qadar juda koʻp konsertlarda, davlat tadbirlarida ishtirok etgan. Oʻzbekiston boʻylab, barcha viloyatlarda yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etib, juda katta muvaffaqiyatlar qozongan[1].

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]

Ozodlik radiosi bilan suhbati