Irem Helvaciog'lu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
İrem Helvacıoğlu
Tavalludi 2-fevral 1990-yil (1990-02-02) (34 yosh)
Germaniya
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2010–hozirga qadar

Irem Helvaciog'lu 1990-yil 2-fevralda tug'ilgan. Turk aktrisasi. U "Sen Anlat Karadeniz" filmidagi Nefes Kaleli roli bilan tanilgan.

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Helvacıoğlu 1990-yil 2-fevralda Germaniyada tug'ilgan. Uning oilasi asli Anqaradan[1]. Otasi turk armiyasining polkovnigi[2]. Usmonlilar imperiyasi davrida bobosi Albaniyaning Saloniki shahridan ko'chib kelgan[3][4]. Irem Mujdat Gezen san'at markazida aktyorlik saboqlarini oladi. 11 yoshida sahnadagi ilk rolini o'ynaydi[5]. 2014-yilda kinodagi ilk rolini Aşkın Dili filmida ijro etadi. Televideniyedagi debyutini Behzat Ç teleserialida ikkinchi darajali roli bilan boshlagan[6]. Keyinchalik Muhteşem Yüzyıl, Kurtlar Vadisi Pusu va Güneşin Qizlari kabi mashhur seriallarda mahorat bilan rol ijro etgan. Shu bilan birga, "Organik Aşk Hikâyeleri", "Babasi ", "Kızım va Ben" filmlarida bosh rollar bilan kinodagi faoliyatini muvoffaqiyatli davom ettirib kelmoqda[7]. 2016-yilda No:309 serialda Pelin Su obrazini jonlantirgan. "Sen Anlat Karadeniz" teleserialida birinchi bosh rol sifatida o'ynaydi. Bu roli uchun Ulash Tuna Astepe bilan "Eng yaxshi telejuftlik" sifatida "Oltin kapalak" mukofotini qo'lga kiritadi[8]. 2020-yilda u "Seni Çok Bekledim" serialida bosh qahramon rolini o‘ynagan va Ayliz obrazini jonlantirgan[9]. 2021-yilda Helvaciog‘li “Bash Belasi” romantik komediyasida Seçkin O‘zdemir bilan birga bosh qahramon sifatida rol ijro etadi. Filmda jinoyat psixolog doktori İpek Gümüşçü rolini o‘ynaydi. 2022-yilda u Engin Akyürek bilan Disney+ platformasida Kaçış seriali bosh qahramon sifatida o'ynashadi[10].

Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2014 yil Gemma Boveri - Yordamchi rol
2016 yil Organik Aşk Hikâyeleri Ozge Bosh rol
2017 yil Bobosi Asli Yordamchi rol
2018 Qizim va Ben Serap Bosh rol
2020 Eflatun Eflatun Bosh rol
Televizion
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2010 yil Behzat Ç. Bir Ankara Polisiyesi Norin Yordamchi rol
2012 yil Muhteşem Yüzyıl Nurbahar Xotun (Klara) Yordamchi rol
2013–2014 Kurtlar Vadisi Pusu Esra Turkmen Yordamchi rol
2015 yil Güneşin Qizlari Tug'che Yordamchi rol
2016–2017 yillar № 309 Pelinsu Yalin Yordamchi rol
2018–2019 Sen Anlat Karadeniz Nefes Zorlu Kaleli Bosh rol (64 qism)
2021 yil Seni Çok Bekledim Ayliz Göksu Bosh rol (13 qism)
Bosh Belasi İpek Gümüşçü Bosh rol (13 qism)
2022 Annenin Sirridir Bola Defne Yilmaz Bosh rol (11 qism)
2022– Kachish Zeynep Karaja Bosh rol
2022– Yurek Chikmazi Zeynep Önder Bosh rol

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]