Kontent qismiga oʻtish

Iravan darvozasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iravan darvozasi[1] yoki Xalfali darvozasi[2] (ozarbayjoncha: İrəvan qapısı yoki Xəlfəli qapısı) Shushaning gʻarbiy qismida joylashgan Shusha qal’asining uchta asosiy darvozalaridan biri hisoblanadi[3]. Qolgan ikkita darvoza Ganja darvozasi va Ağoğlan darvozalaridir[4].

Shusha qalʼasining uchta asosiy darvozalari boʻlib, ular Ganja, Iravan va Ağoğlan darvozalari deb nomlangan. Ushbu darvozalarning nomlari tarixiy manbalarda tez-tez tilga olingan va shaharning XIX asrda tuzilgan barcha asosiy qurilish rejalarida koʻrsatilgan. Bu darvozalar XIX asrning 60-yillarida Shushaning ijtimoiy hayotida muhim oʻrin tutganini „Illyustratsiya“ gazetasida eʼlon qilingan maqola tasdiqlaydi. Unga koʻra, Ağoğlan va Iravan darvozalari oliy amaldorlar va yuk tashish xizmatlari uchun, Ganja darvozasi esa vagonlar oʻtishi uchun moʻljallangan edi. Baʼzi manbalarda toʻrtinchi darvoza ham mavjudligi haqida soʻz yuritilgan, ammo uning joyi va nomi aniqlanmagan[1].

Panoh Alixon davrida qurilgan qal’a darvozasi Iravan yoki Xalfali deb atalgan, chunki ulardan oʻtuvchi yoʻllar Xalfali qishlogʻiga, undan keyin esa Iravanga (Yerevan) olib borgan[5]. Bu darvoza Shusha qalʼasining boshqa darvozalari kabi shaharning XIX asrda yozilgan barcha bosh rejalarida koʻrsatilgan[5].

Arxitekturaviy xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ganja darvozasidan farqli oʻlaroq, Iravan darvozasi anʼanaviy tarzda talqin qilingan boʻlib, uchli ark koʻrinishida qurilgan va ikki tomondan simmetrik joylashgan ikki pogʻonali jangovar minoralar bilan mustahkamlangan[5].

XIX asrga oid chizmalarida va Shushaning asosiy qurilish rejalarida ushbu minoralar 1 va 2 raqamlari bilan koʻrsatilgan[5], Iravan darvozasi shahar istehkomlarining gʻarbiy chekkasi boʻlgan[6]. Darvoza bugungi kungacha vayron boʻlgan boʻlsa-da, 1930-yillarda Shushaga ekspeditsiya tarkibida tadqiqot olib borgan Sara Aşurbəyli darvoza arklarini kuzatganligini taʼkidlab oʻtgan[7].

Darvoza rejasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Mirza Yusuf Karabaghi. Tārīkh-i Sāfī / Truthful History. Baku: Şərq-Qərb nəşriyyatı, 2006 — 35-bet. 
  2. Nazim Məmmədov. Azərbaycan Respublikasının Şuşa şəhərinin tarixi. Baku: Avropa, 2016 — 213-bet. 
  3. Chingiz Qajar. Köhnə Şuşa. Baku: Şərq-Qərb, 2019 — 59-bet. 
  4. „Şuşa qalası“ (az). heydaraliyev-centers.az (2020-yil 9-noyabr). 2020-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-fevral.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 Avalov 1977.
  6. Khalilzadeh Flora. Ruhumuzun ünvanı Şuşa. Baku: Zərdabi LTD, 2013 — 10-bet. 
  7. Sara Ashurbeyli. Архитектура Шуши и ее ближащих окрестностей, Baku, 1934 — 12-bet.