Iqboljon Xoldorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iqboljon Baxodirjon oʻgʻli Xoldorov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 8-iyun 1997-yil (1997-06-08) (26 yosh)
Andijon Oʻzbekiston
Boʻyi 179 sm
Vazni 64 kg
Sport
Qaysi sport boks
Klubi Uzbek Tigers
Faol tomoni chapaqay

Iqboljon Baxodirjon oʻgʻli Xoldorov (inglizcha: Ikboljon Kholdarov; 1997-yil, Andijon, Oʻzbekiston) — oʻzbek bokschisi.

Faoliyati

Osiyo chempionati 2017

Iqboljon 2017-yilda Toshkentda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashdi[1]. U yarim finalda Oʻzbekistonning boksdagi raqobatchisi Qozogʻistonlik Bekdavlat Ibrohimov qarshi ringga chiqdi. Jang ancha murosasiz ruhda boʻlib ochkolar boʻyicha Xoldorxonov gʻalaba qozondi[2]. Finalda esa Mogʻulistonlik bokschi Battarsux Chinzorig qarshi rinnga chiqdi. Jang davomida katta ustinlikka erishgan xolda yakunda Iqboljon raqiini magʻlub etdi va Osiyo chempioniga aylandi[3]. Bu Iqboljonning xalqaro darjadagi ilk katta yutugʻi edi.

Jahon chempionati 2017

Shu tariqa 2017-yili Gamburgda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. U yerda, ilk jangida kolumbiyalik bokschi Jon Gutierrezni ochkolar hisobidan 5:0 hisobida mag‘lub etdi[4]. Chorak finalda Xoldorov asosiy favorit hisoblangan nemis-arman bokschisi Artem Xarutyunyan bilan uchrashdi. Ammo o‘zbekistonlik bokschi bu jangda barchani hayratda qoldirdi va hakamlarning bahosiga koʻra 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Xoldorov bu jangda raqibiga nisbatan odatdagidan faolroq va koʻproq zarba berdi. Iqboljon jang davomida kuchli zarbasi bilan Harutyunyanni bir marta yerga yiqitgan xolda nokdaun xolatiga tushirdi. Yarim finalda Xoldorov amerikalik boks ustasi Freydis Roxasga qarshi jang qildi va ochkolar bo‘yicha yaqqol g‘alaba qozondi[5]. Finalda esa Kubalik mahoratli bokschi Endi Kruz Gomesga magʻlub boʻldi va kumush medal egasiga aylandi[6].

Osiyo oʻyinlari 2018

Iqboljonning muvaffaqiyatli yurishlari navbatdagi yilda ham davom etdi. 2018-yil Indoneziyada oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlari turnirida ham finalgacha yetib borishga erishdi. U bu yoʻlda bir qator kuchli raqiblarni magʻlub etdi. Finalda esa mo‘g‘ulistonlik Batarsuk Chinzorigga qarshi ringga koʻtarilib, raqibini magʻlub etdi va Osiyo oʻyinlari chempioniga aylandi[7].

Professional boks

U professional boksdagi ilk debyutini 2021-yil 3-aprelda „Humo“ sport arenasida oʻtkazgan. Ringda tanzaniyalik bokschi Kulva Bushiriga qarshi jang olib bordi. Debyut muvaffaqiyatli boʻlib, 2-raundayoq raqaibini nokautga uchratdi[8]. Bugungi kunda professional boksda 5 ta jang oʻtkazib (3 ta nokaut) barchasida gʻalaba qozongan[9][10].

Yutuqlari

  • Osiyo chempioni 2017: Chempion
  • Osiyo oʻyinlari chempioni: 2018: Chempion
  • Jahon chemionati 2017: Ikkinchi oʻrin

Manbalar

  1. „Iqboljon Xoldorov ham raqibini nokaut qilib yarim finalga yo‘l oldi“. 2023-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
  2. „Iqboljon Xoldorov ham finalga yo‘l oldi“. 2023-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
  3. „Osiyo chempioni Iqboljon Xoldorovga (64 kg) oltin medal topshirildi“. 7 may, 2017, 17:51da asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Boks, JCh-2017. Iqboljon Xoldorov keyingi bosqichda“. 2023-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
  5. „Boks bo‘yicha jahon chempionatining ilk finalchilari aniqlandi (+video)“. 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
  6. „Boks, JCh—2017. O‘zbekistonlik Iqboljon Xoldorov finalda kubalik bokschiga mag‘lub bo‘ldi“. 2022-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
  7. „Iqboljon Xoldorov Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi“. 2023-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
  8. „Iqboljon Xoldorov professional boksdagi debyut jangida raqibini 2-raunddayoq nokautga uchratdi“. 2023-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
  9. „O`zbekistonlik bokschi Iqboljon Xoldorov meksikalik raqibi ustidan g`alaba qozondi (video)“. 2023-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
  10. „Бокс. Иқболжон Холдоров мағлубиятсиз серияни давом эттирмоқда“. 2023-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.

Havolalar