Insulinoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Insulinoma — bu beta hujayralaridan kelib chiqqan boʻlib, insulin ishlab chiqaradigan oshqozon osti bezining oʻsmasi. Bu eyroendokrin oʻsmaning kam uchraydigan shakli. Aksariyat insulinomalar havfsiz oʻsmalar toifasiga kiradi. Ular faqat oshqozon osti bezi ichida oʻsadi, ozchiligida metastaz mavjud. Insulinomalar funktsional (insulin ishlab chiqarishni oshirishi sabab) pankreatik neyroendokrin oʻsmalar (PNET) guruhidan biridir.[1] Tibbiyot mavzulari sarlavhalari tasnifida insulinoma „orolcha hujayralari adenomasi“ ning yagona kichik turi hisoblanadi.

Beta hujayralari qondagi glyukoza miqdori oshishiga javoban insulin chiqaradi. Natijada insulinning koʻpayishi qonda glyukozani normal darajaga tushirishga yordam beradi, insulinning keyingi sekretsiyasi toʻxtatiladi. Insulinomalarda insulin sekretsiyasi glyukoza tomonidan toʻgʻri tartibga solinmaydi va oʻsmalar insulin chiqarishda davom etadi. Bu esa glyukoza miqdorini odatdagidan koʻproq pasayishiga olib keladi.[2]

Bemorlarda qonda glyukoza miqdori pastligi (gipoglikemiya) alomatlari vujudga keladi, ular sogʻlom ovqatlanish orqali yaxshilanadi. Insulinoma tashxisi qonda past glyukoza, koʻtarilgan insulin, proinsulin va C-peptid darajalari bilan biokimyoviy tarzda aniqlanadi. Oʻsmani tibbiy tasvir yoki angiografiya bilan lokalizatsiya qilish orqali tasdiqlanadi. Aniq davolash jarrohlikdir.[2]

Belgilar va alomatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Insulinoma boʻlgan bemorlarda odatda neyroglikopenik alomatlar rivojlanadi. Bu esa davriy bosh ogʻrigʻini oʻz ichiga oladi. Letarji, diplopia va loyqa koʻrish, ayniqsa jismoniy mashqlar qiyinlashadi. Kuchli gipoglikemiya, koma va doimiy nevrologik shikastlanishga olib kelishi mumkin. Gipoglikemiyaga katekolaminerjik javob natijasida kelib chiqadigan alomatlar (tremulousness, yurak urishi, taxikardiya, terlash, ochlik, bezovtalik, koʻngil aynish) keng tarqalgan emas. Baʼzida toʻsatdan vazn ortishi kuzatiladi. 

Bemorda gipoglikemiya belgilari boʻlsa, unda qon zardobidagi glyukoza, insulin, proinsulin va C-peptid darajalariga qon tekshiruvi oʻtkaziladi. Roʻza oʻsha paytda toʻxtatiladi. Ipoglikemiya tomir ichiga dekstroz yuborish yoki uglevod oʻz ichiga olgan oziq-ovqat yoki ichimlik bilan davolanadi.

Diagnostika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Simptomatik ochlik gipoglikemiyasi boʻlgan bemorda insulinoma tashxisi shubha qilingan. „Haqiqiy gipoglikemiya“ tashxisini qoʻyish uchun Uippl triadasining shartlari bajarilishi kerak[3][4]

  1. gipoglikemiya belgilari
  2. qon plazmasidagi glyukoza darajasi 45 ga teng mg/dL (2,5 mmol/L) yoki undan kam.
  3. glyukoza kiritilishi bilan simptomlarning qaytarilishi.

Qon testlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu qon testlari insulinomani aniqlash uchun kerak:[5]

Bostirish testlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odatda, gipoglikemiyada endogen insulin ishlab chiqarish bostiriladi. Shifoxona sharoitida nazorat qilinadigan 72 soatlik roʻza tutib, insulin miqdori bosilish yo bosilmasligi insulin chiqaradigan oʻsma mavjudligining kuchli belgisidir. 

Tekshiruv vaqtida bemorda kaloriya va kofeinsiz suyuqliklar uchrashi mumkin. Kapillyarda qondagi glyukoza miqdori 60 mg/dL (3,3 mmol/L) dan past boʻlgunga qadar har 4 soatda reflektor yordamida oʻlchanadi. Qondagi glyukoza miqdorini oʻlchash chastotasi qiymatlar <49 mg/dL (2,7 mmol/L) boʻlguncha har soatda oshiriladi.

Diagnostik tasvir[tahrir | manbasini tahrirlash]

Insulinoma ultratovush, kompyuter tomografiyasi yoki MRT usullaridan foydalanib noinvaziv vositalar bilan lokalizatsiya qilinadi. Indiy-111 pentetreotid tekshiruvi somatostatin retseptorlari ijobiy oʻsmalarini aniqlash uchun ultratovush, KT yoki MRTga qaraganda sezgirroq, lekin insulinomalar uchun yaxshi diagnostika vositasi emas. Endoskopik ultratovush tekshiruvi insulinomalarni aniqlash uchun oʻsimtaning joylashishiga qarab 40-93% sezgirlikka ega.[6]

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qizil-jigarrang koʻrinishdagi insulinomaning yalpi tasviri

Insulinomani davolashning yakuniy yoʻli oʻsmani jarrohlik usuli bilan olib tashlash. Bunda oshqozon osti bezining bir qismi ham olib tashlanishi mumkin. Jarrohlik aralashuvi mumkin boʻlmagan yoki boshqa yoʻl bilan operatsiya qilib boʻlmaydigan oʻsmalarda insulin chiqarilishini blokirovka qilish uchun Diazoksid va somatostatin kabi dorilar ishlatiladi. Doksorubitsin kontrendikedir boʻlgan bemorlarda doksorubitsin va streptozotsin yoki ftorouratsil va streptozotsin kombinatsiyalari mavjud kimyoterapiya qoʻllaniladi.

Prognoz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havfsiz insulinomali bemorlarning koʻpchiligi jarrohlik yoʻli bilan davolanadi. Jarrohlikdan keyin koʻp oʻsmalari boʻlgan bemorlarda doimiy yoki takroriy gipoglikemiya paydo boʻladi. Bemorlarning taxminan 2 % ida operatsiyadan keyin qandli diabet rivojlanadi. 

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Insulinomalar kamdan-kam uchraydi. Neyroendokrin bilan kasallanish yiliga million kishiga bittadan toʻrttagacha yangi holatlarda kuzatiladi. Insulinoma- Langerhans hujayralari orollaridan kelib chiqadigan oʻsmalarning eng keng tarqalgan turlaridan biri.(oshqozon osti bezi endokrin oʻsmalari). Insulinomalarning 99 % dan ortigʻi oshqozon osti bezidan kelib chiqadi, kam holatlarda ektopik oshqozon osti bezi toʻqimalaridan kelib chiqadi. Taxminan 5 % holatlar paratiroid bezlari va gipofiz (koʻp sonli endokrin neoplaziya turi) oʻsmalari bilan bogʻliq va koʻp sonli va malign boʻlish ehtimoli koʻproq. Koʻpgina insulinomalar kichik boʻlib, 2 santimetrdan kam. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Burns, William R.; Edil, Barish H. (March 2012). „Neuroendocrine Pancreatic Tumors: Guidelines for Management and Update“. Current Treatment Options in Oncology. 13-jild, № 1. 24–34-bet. doi:10.1007/s11864-011-0172-2. PMID 22198808.
  2. 2,0 2,1 „Insulinomas“. The Lecturio Medical Concept Library. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  3. Melmed, Shlomo. Williams textbook of endocrinology, 13, Elsevier, 2016 — 1582–1607 bet. ISBN 978-0-323-29738-7. 
  4. Martens, Pieter; Tits, Jos (June 2014). „Approach to the patient with spontaneous hypoglycemia“. European Journal of Internal Medicine. 25-jild, № 5. 415–421-bet. doi:10.1016/j.ejim.2014.02.011. PMID 24641805.
  5. „Insulinomas“. The Lecturio Medical Concept Library. Qaraldi: 2021-yil 22-iyul.
  6. Sotoudehmanesh, Rasoul; Hedayat, Anooshirvan; Shirazian, Nahid; Shahraeeni, Shadi; Ainechi, Sanaz; Zeinali, Fatemeh; Kolahdoozan, Shadi (17 September 2007). „Endoscopic ultrasonography (EUS) in the localization of insulinoma“. Endocrine. 31-jild, № 3. 238–241-bet. doi:10.1007/s12020-007-0045-4. PMID 17906369.