Innocent Emeghara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Innocent Emeghara
Emeghara Shveysariya terma jamoasi safida, 2012-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Innocent Nkasiobi Emeghara
Tavallud sanasi 27-may 1989-yil (1989-05-27) (34 yosh)
Tavallud joyi Lagos, Nigeriya
Boʻyi 1.72 m (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2003 FC Töss
2003—2006 Winterthur
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2009 Zürich II 47 (16)
2009—2010 Winterthur 28 (17)
2010—2011 Grasshoppers 40 (14)
2011—2013 Lorient 28 (5)
2013—2014 Siena 17 (7)
2013—2014Livorno (ijara) 30 (4)
2014—2015 Qarabağ 8 (5)
2015—2016 San Jose Earthquakes 13 (1)
2017—2018 Ermis 28 (9)
2018—2019 Qarabağ 11 (5)
Milliy terma jamoa
2011 Shveysariya U21 8 (5)
2012 Shveysariya U23 4 (1)
2011—2013 Shveysariya 9 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 16-mart uchun)

Innocent Nkasiobi Emeghara (talaffuzi: Innosent Emeghara; 1989-yil 27-mayda tugʻilgan) — shveysariyalik professional futbolchi, Shveysariyaning Wintertur klubi hujumchisi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nigeriyaning Lagos shahrida tugʻilgan Emeghara 13 yoshida Shveysariyaga koʻchib oʻtgan va oʻsha yerda futbol oʻynay boshladi[1]. Professional faoliyatini atigi 17 yoshida FC Zürich klubi zaxirasida boshlagan. Keyinchalik Wintertur va Grasshopper Club Zürichni himoya qildi. 2011-yilning 20-avgustida Servette FCga qarshi safarda (4:3) xet-trik qayd etdi[2].

2011-yil 31-avgustda Emegara Fransiyaning Lorient klubiga sotildi. 10-sentyabr kuni Liga 1da Sochaux-Montbéliard bilan 1:1 hisobidagi durang o‘yinda Mathias Autret o‘rniga maydonga tushib debyut qildi va ikki daqiqa o‘tib hisobni tenglashtirdi[3]. Oʻsha mavsumning oxirigacha yana toʻrtta ligada gol urdi.

2013-yil yanvar oyida Italiyaning AC Siena jamoasiga qoʻshildi[4].

2013—2014-yilgi mavsumda Emeghara Italiyaning eng yuqori ligasida davom etdi va Emeghara esa AS Livorno Kalsioga ijaraga berildi[5][6]. 2014-yil 31-mart kuni Interga bitta gol urdi, uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi[7].

2014-yil iyul oyida Siena likvidatsiyaga uchragach, Emeghara erkin agentga aylandi[8]. 11-oktyabrda Ozarbayjon Premyer-ligasi vakili FK Qarabağ bilan uch yillik shartnoma imzoladi[9], lekin keyingi yilning 5-yanvarida klubni tark etib, Vintertur bilan mashgʻulotlarni boshladi[10]. Keyingi hafta HSV Hamburg bilan sinovdan oʻtdi[11].

2015-yil yanvar oyi oxirida Emeghara San Jose Earthquakesga qoʻshildi[12]. 8-mart kuni Dallasga qarshi safarda atigi bir daqiqa oʻynab, MLSdagi debyutini oʻtkazdi. Uchrashuv 0:1 hisobida Dallas foydasiga hal boʻldi[13].

2018-yilning 24-iyulida Emegara Ermis Aradippou klubidan ikki yillik shartnoma asosida „Qarabağ‘“ga qaytdi, ammo 2019-yilning 13-mayida o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnoma muddatidan oldin erkin agent boʻldi[14].

2020-yil oktyabr oyida Wintertur klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[15].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Emeghara Shveysariya terma jamoasi bilan 2011-yilning 4-iyunida UEFA Yevro-2012 saralashida Angliyaga qarshi oʻyinda (2:2) debyut qildi[16].

Oʻsha yili 21 yoshgacha boʻlgan jamoa bilan 2011-yilgi UEFA Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi[17]. 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida mamlakat sharafini himoya qilgan[18].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

11-sentyabr, 2021-yil[19][20][21]
Klub, mavsum va musobaqalar bo'yicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Division Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Zürich II 2006—2007 Shveysariya 1. Ligasi 6 2 6 2
2007—2008 15 5 15 5
2008—2009 26 9 26 9
Jami 47 16 - - - - - - 47 16
Winterthur 2009—2010 Shveysariya Challenge Ligasi 28 17 3 5 31 22
Grasshoppers 2010—2011 Shveysariya Superligasi 33 9 4 1 2 0 39 10
2011—2012 7 5 0 0 7 5
Jami 40 14 4 1 - - 2 0 - - 46 15
Lorient 2011—2012 Liga 1 27 5 1 0 3 2 31 7
2012—2013 1 0 0 0 0 0 1 0
Jami 28 5 1 0 3 2 - - - - 32 7
Siena 2012—2013 Serie A 17 7 0 0 17 7
2013—2014 Serie B 0 0 0 0 0 0
Jami 17 7 0 0 - - - - - - 17 7
Livorno (ijara) 2013—2014 Serie A 30 4 0 0 30 4
Qarabağ 2014—2015 Ozarbayjon Premyer-ligasi 7 4 1 1 0 0 0 0 8 5
San Jose Earthquakes 2015 MLS 7 1 0 0 7 1
2016 6 0 1 0 7 0
Jami 13 1 1 0 - - - - - - 14 1
Ermis 2017—2018 Kipr birinchi divizioni 28 9 2 0 30 9
Qarabağ 2018—2019 Ozarbayjon Premyer-ligasi 11 5 0 0 7 0 18 5
Fatih Karagümrük 2019—2020 TFF Birinchi liga 31 7 1 0 32 7
Winterthur 2020—2021 Shveysariya Challenge Ligasi 15 1 0 0 15 1
Jami faoliyati 295 90 13 7 3 2 9 0 0 0 320 99

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

23-mart, 2013-yil[22]
Shveysariya
Yil Ishtirok Gollar
2011-yil 5 0
2012-yil 3 0
2013-yil 1 0
Jami 9 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Innocent Emeghara, coupable d'être très doué“ (fr). Tribune de Genève (2011-yil 20-iyun). 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-aprel.
  2. „Xamax marque enfin et bat Zurich. Servette perd“ (fr). Radio Télévision Suisse (2011-yil 20-avgust). Qaraldi: 2014-yil 3-aprel.
  3. „Sochaux privé de réussite“ (fr). Le Figaro (2011-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 3-aprel.
  4. „Agra ed Emeghara in bianconero, depositati i contratti“ (it). A.C. Siena (2013-yil 25-yanvar). 2013-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-iyul.
  5. „Emeghara ceduto al Livorno“ (it). A.C. Siena (2013-yil 27-avgust). 2013-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-iyul.
  6. „Official: Livorno sign Emeghara“. Football Italia (2013-yil 27-avgust). Qaraldi: 2013-yil 15-sentyabr.
  7. „Inter let lead slip in Livorno“. ESPN FC (2014-yil 31-mart). Qaraldi: 2014-yil 3-aprel.
  8. „West Ham close to signing out-of-contract Swiss international“. Brentwood Gazette (2014-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 17-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
  9. „Emeghara rəsmən 'Qarabağ'da“ (az). FK Qarabağ (2014-yil 11-oktyabr). 2014-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-oktyabr.
  10. „Medienberichte & Klubnews zur Rückrunde“ (de). FC Winterthur (2015-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  11. „Innocent Emeghara on trial at Hamburg“. Vavel (2015-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 16-yanvar.
  12. „Quakes sign Innocent Emeghara as third designated player“. San Jose Earthquakes (2015-yil 31-yanvar). 2015-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-yanvar.
  13. „San Jose Earthquakes vs. FC Dallas match report: Blas Perez stoppage time goal gives Hoops 1–0 win“. SB Nation (2015-yil 7-mart). Qaraldi: 2017-yil 23-avgust.
  14. „Üç futbolçu ilə yollar ayrıldı“ (az). qarabagh.com/. Qarabağ fk (2019-yil 13-may). Qaraldi: 2019-yil 13-may.
  15. „FCW verpflichtet Innocent Emeghara“ (de-CH). FC Winterthur (2020-yil 5-oktyabr). 2020-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
  16. „England fight back to deny Switzerland“. UEFA (2011-yil 4-iyun). Qaraldi: 2014-yil 3-aprel.
  17. „Swiss surge continues with defeat of Iceland“. UEFA (2011-yil 14-iyun). Qaraldi: 2017-yil 23-avgust.
  18. „Innocent Emeghara“. Sports Reference. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-mart.
  19. „I.Emeghara“. Soccerway. Qaraldi: 2018-yil 2-avgust.
  20. „Innocent Emeghara“. Major League Soccer. Qaraldi: 2018-yil 2-avgust.
  21. „Innocent EMEGHARA“ (fr). Ligue 1. 2018-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-avgust.
  22. „Innocent Emeghara“. European Football. Qaraldi: 2015-yil 13-oktyabr.