In the Shadows

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„In the Shadows“
The Rasmus qoʻshigʻi
„Dead Letters“ albomidan
B tomon „If You Ever“
Chiqarilgan sanasi 2003
Davomiyligi 4:19
Leybl
Matn muallif(lar)i
  • Aki Hakala
  • Eero Heinonen
  • Pauli Rantasalmi
  • Lauri Ylönen
Prodyuser(lar)
  • Mikael Nord Andersson
  • Martin Hansen
The Rasmus singllari xronologiyasi
„Heartbreaker/Days“
(2002)
In the Shadows
(2003)
„In My Life“
(2003)
Kliplari
„In the Shadows“ (fin/bandit versiyasi) YouTubeda
„In the Shadows“ (Yevropa/qargʻa versiyasi) YouTubeda
„In the Shadows“ (AQSh/koʻzgu versiyasi) YouTubeda

In the Shadows“ (tarjimasi „Soyalarda“) — The Rasmus fin guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2003-yil guruhning „Dead Letters“ nomli beshinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. Guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biri.

Qoʻshiq Yevropa va Okeaniya xit-paradlarida yuqori pogʻonalarga koʻtarilgan. Xususan, Buyuk Britaniya singllar xit-paradida uchinchi[1], Finlandiya, Germaniya[2], Vengriya hamda Yangi Zelandiya xit-paradlarida esa birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Qoʻshiq 2004-yil „Kerrang! Award for Best Single“ mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilgan.

„In the Shadows“ qoʻshigʻi „Guitar Hero World Tour“ videooʻyiniga kiritilgan. Fransiyada esa 2006-yildan 2020-yilgacha „On n'est pas couché“ dasturining musiqiy mavzusi oʻlaroq qoʻllanilgan. 2004-yil „Eddsworld“ veb-seriali asoschisi Edd Gould f „Creative Shadows“ animatsion filmida „In the Shadows“ ashulasidan foydalangan.

Kliplari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq uchun uch xil klip suratga olingan. 2003-yil Helsinkida olingan fin versiyaga Finn Andersson rejissorlik qilgan boʻlib, unda bankni oʻmarish urinishi tasvirlangan. Shuning uchun mazkur versiya „bandit versiyasi“ deb nomlanadi.

2003-yil Stokgolm shahrida klipning Yevropa versiyasi suratga olingan. Ushbu versiyada guruh xonada qoʻshiqni ijro etar ekan, qargʻalar ularning atrofida aylanadi. Shuning uchun ham mazkur versiya „qargʻa versiyasi“ deb nomlanadi.

2004-yil Buxarest shahrida Philipp Stölzl rejissorligida yana bir klip suratga olingan. Unda guruh qadimiy qasrda olomon oldida konsert berayotgani tasvirlangan. Videoda oʻtmishda ushbu uyda xizmat qilgan xizmatkor ham tasvirlangan. Xizmatkor uydagi ulkan koʻzgularda guruhni va tomoshabinlarda koʻradi va qayta-qayta qoʻlidagi narsalarni tushirib yuboradi. Mazkur klip „Koʻzgu versiyasi“ deb ham nomlanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Official Singles Chart Top 100“ (inglizcha). Official Charts. Qaraldi: 27-iyul 2022-yil.
  2. „The Rasmus - In the Shadows“ (nemischa). GfK Entertainment chartlari. Qaraldi: 27-iyul 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]