Imron Xon
Imron Xon | |
---|---|
![]() | |
Pokiston bosh vaziri | |
Mansab davri 18-avgust 2018-yildan — 10-aprel 2022-yilgacha | |
Prezident |
Mamnun Husayn Orif Alviy |
Oʻtmishdoshi | Nosirul Mulk |
Vorisi | Shahboz Sharif |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 5-oktyabr 1952-yil |
Imron Xon (urdu: عمران احمد خان نیازی, inglizcha: Imran Khan; 1952-yil 5-oktabrda tugʻilgan[1]) 22- hamda amaldagi Pokiston bosh vaziridir. U, shuningdek, sobiq professional kriket oʻyinchisi va Adolat harakati partiyasi lideridir. Bosh vazir lavozimini 2018-yildan boshlab egallagan.[2]
Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Imron Xon 1952-yil 5-oktabrda (boshqa manbaga koʻra 25-noyabrda) Lohur shahrida tugʻilgan. Otasi injener-quruvchi boʻlgan. 1971-yil 18 yoshli Imron kriket boʻyicha Pokiston terma jamoasi safida Angliya terma jamoasiga qarshi oʻyinga tushgan. Angliyaga koʻchib oʻtganidan keyin 1973—75-yillar u Oxford universiteti jamoasida oʻynagan va 1974-yildan jamoa sardori boʻlgan. 1982-yildan 1992-yilgacha Imron Xon kriket boʻyicha Pokiston terma jamoasi sardori boʻlgan. Adolat harakati partiyasiga asos solganidan soʻng Pokistonning eng mashhur siyosatchilaridan biriga aylandi. Uning mitinglariga 100 minglab odamlar toʻplangan. U Imran, All-Round View, The Warrior Race asarlarining muallifidir.
Oʻzbekistonga tashriflar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston va Pokiston kelishuvlariga asosan Oʻzbekiston Pokiston savdo tarmoqlari uchun Markaziy Osiyo mintaqasiga kirish eshigi sifatida foydalidir. Pokiston esa Oʻzbekistonga dengiz portlaridan foydalanishga imkon beradi. Shu maqsadda Pokiston bosh vaziri Imron Xon 2021-yil iyul oyida Oʻzbekistonga tashrif buyurdi[3]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „#HappyBirthdayIK: PTI Chairman Imran Khan turns 62“. DAWN.COM. Dawn (5-oktabr 2014-yil). 7-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-oktabr 2016-yil.
- ↑ SMI: Imran Xan izbran novim premer-ministrom Pakistana — Mejdunarodnaya panorama — TASS
- ↑ „Покистон бош вазири Ўзбекистонга келади“. Bugun.uz. 9-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |