Kordova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

KordovaArgentinaning markaziy qismidagi shahar. Kordova provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,2 mln. kishidan ziyod (2001). Mamlakatning muhim sanoat va madaniy markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mashinasozlik, jumladan, transport mashinasozligi va metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1613), muzeylar, jumladan, botaniqa muzeyi, konservatoriya bor. Shaharga 1573-yilda asos solingan. 17—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil