Immunoterapiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Immunoterapiya (immunitet... va terapiya) — bemor organizmiga vaksinalar, shifobaxsh zardoblar (biopreparatlar) yuborib, infeksion kasalliklarni davolash. Bunda organizmga kiritilgan vaksina bemorning uz kuchlarini infeksiyaga qarshi kurashga safarbar qilishiga turtki beradi. Shifobaxsh zardoblar bilan davolashda organizm muayyan infeksion kasallik mikrobi yoki shu mikrob toksinlaridan himoya qiladigan immun jismlar (antitelolar)ni tayyorgina oladi. Bun-day holda immunitet 1 — 1,5 oygina sak,lanib turadi. I.ga, asosan, utkir infeksion kasalliklar (difteriya, kuydirgi va h.k.)da seroterapiya, vaksinoterapiya (brutsellyoz, furunkulyoz kabi kasalliklar uzok, chuzilganda) va b. kiradi. Vaksinoterapiyada avtovaksina va anatoksindan ham foydalaniladi. Keyingi yillarda uzoq vaqtgacha tuzalmaydigan kasalliklarni, mas, oʻsmalarni nospetsifik silga qarshi vaksina (BSJ) bilan davolash ham I.ga kiritildi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil