Toksinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Toksinlar — mikroorganizmlarning hayot faoliyatida hosil boʻladigan zaharli moddalar. Hayvonlar va odam organizmiga tushganda ularni kasallantirish yoki halok qilish xususiyatiga ega. Bakteriyalar paydo qiladigan T. ancha toʻla oʻrganilgan. Bakterial T. ekzotoksinlar (bakteriyalar toksinni tashqi muhitga ajratib chiqaradi) va endotoksinlarga (ular bakteriyaning struktura komponenti boʻlib, bakteriya hujayralari yemirilganidan keyin atrofmuhitga tarqaladi) boʻlinadi. Ekzotoksinlar va endotoksinlar oʻz xususiyatlariga koʻra bir-biridan farq qiladi. Ekzotoksinlar juda zaharli. Tozalangan T. bir necha yuz marta faol boʻladi. Ekzotoksinlarning organizmga taʼsiri maʼlum yashirin davrdan soʻng yuzaga chiqadi. Endotoksinlar ancha tez taʼsir qiladi, lekin ularning zaharliligi ekzotoksinlarnikicha emas. Koʻpchilik ekzotoksinlar 60—80° da 10—20 min.da parchalanadi. Endotoksinlar issiqqa juda chidamli — ancha yuqori trada yoki uzoq vaqt qaynatilganda parchalanadi. T. muzlatilganda va muzdan tushirilganda kuchi qirqilmaydi. Ular quritilgan holatda ham yaxshi saqlanadi. Formalin va issiq taʼsirida ekzotoksinlarning zaharlilik xususiyati yoʻqoladi, biroq bunda immunitetning kuchaytirish xususiyati saklanib qoladi. Bir qancha infeksion kasalliklarning oldini olish va davolashda qoʻllanadigan anatoksinlarni olish shunga asoslangan.

Ekzotoksinlar organizmga kiritilganda kuchli oʻziga xos xossaga ega boʻlgan antitelolar (qarang Immunitet) paydo qilish xususiyatiga ega. Ana shu xususiyat davolash va profilaktika maqsadida ishlatiladigan zardobni olish va qoʻllash imkonini beradi.

Hayvonlar va oʻsimliklardan olinadigan bir qancha mahsulotlarning biologik xususiyatlari bakterial T.ga juda yaqin, mas., oʻsimlik zaharlari, ilon, chayon, qoraqurt zahari va boshqa