Ilyos Abu Shabaki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ilyos Abu Shabaki
Tavalludi 1903-yil 3 may
AQSH Zuk Mikael
Vafoti 1947-yil 27 yanvar
Bayrut,Livan
Ijod qilgan tillari Arab tili[1]
Fuqaroligi AQSh
Faoliyat yillari "O'nlik" adabiy ligasi asoschilaridan biri va Arab Nahda harakatining yetakchi namoyondalaridan biri hisoblanadi.
Faoliyat turi muharrir,tarjimon va adabiyotshunos
Janr romantik ,reolizm

Ilyos Abu Shabakiy (arabcha: الياس أبو شبكة) (3 may,1903-27 yanvar 1947)- Livanlik yozuvchi, shoir, muharrir, tarjimon va adabiyotshunos. U adabiy “O‘nlik ligasi”ning asoschilaridan biri bo‘lib, hozirda arab nahda harakatining yetakchi namoyandalaridan biri sanaladi[2].

Livanlik badavlat oilada tug‘ilgan u yoshligidan she’riyatga qiziqgan. Otasi savdogar bo'lgan, yoshligida yetim qolgan. Bu yoqotish uning dastlabki ijodiga katta ta’sir ko‘rsatdi. U o‘qituvchi, tarjimon va jurnalist bo‘lib ishlagan. U ko'plab arab gazetalari va adabiy jurnallar uchun maqolalar yozgan. Romantik maktab tarafdorlaridan bo'lgan Abu Shabakiy yuqoridan ilhom olish g'oyasiga ishongan va she'riyatda ongli boshqaruvni qoralagan. Uning she'rlari g'amgin, chuqur shaxsiy va ko'pincha Injilga asoslangan, ko'pincha uning ichki holati bilan bog'liq. Bir vaqtlar, uning ba'zi asarlari o'quvchilar tomonidan tushunarsiz qabul qilingan: masalan, "Jannat ilonlari" to'plami ochiq-oydin behayo mazmuni tufayli odobsiz deb tan olingan.1947- yilda leykemiyadan vafot etgan[3].

Abu Shabakiy arab adabiyotini yangilash va modernizatsiya qilish kerakligi haqida tlif berdi. Shabakiy o'zidan keyingi shoir avlodlarini ilhomlantirdi. Uning adabiy xizmatlarini e'tirof etish maqsadida uning tug'ilgan shahri Zuk Mikaeldagi uyida muzey tashkil etilgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. Clifford Edmund Bosworth. The Encyclopaedia of Islam. Brill Archive, 1980 — 33—34 bet. ISBN 978-90-04-06167-5. 
  3. Jayyusi, Salma Khadra. Trends and movements in modern Arabic poetry. BRILL, 1977 — 424—452 bet. ISBN 978-90-04-04920-8. 
  4. Abi Yaghi, Jeanne d'Arc „Ilyas Abu Shabaki“ (ar). Lebanese Army (2004). 2012-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-yanvar.

Foydalanilgan adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Razzuk, Faraj Razzuk (1956). Ilyos Abu Shabaka va shi'ruhu . Bayrut: Dorul kitob al-lubnoniy.