Kontent qismiga oʻtish

Ilhom Haydarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Ilhom va familiyasi Haydarov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Ilhom Oʻtkirovich Haydarov

Oʻzbekyengilsanoat raisi Haydarov 2010-yil 30-sentyabr kuni Nyu-Dehli shahrida Hindistonning Toʻqimachilik vaziri Shri Dayanidhi Maranga bilan uchrashuvi
 Oʻzbеkistоnning Ukrainadagi elchisi
 
Mansab davri
2006-yildan  2009-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Ravshanbek Olimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1968-yil 22-avgust (1968-08-22) (57 yosh)
Toshkent[1]

Ilhom Oʻtkirovich Haydarov (1968-yil 22-avgustda tugʻilgan) – oʻzbek diplomati. 2025-yildan Oʻzbekistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi[2].

Toshkent universitetini, Rossiya tashqi savdo akademiyasini, Rossiya xalqaro paxta maktabini tamomlagan.

1992–1997 – Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining „Oʻzprommashimpeks“ davlat tashqi savdo kompaniyasi paxta va toʻqimachilik yeksport boʻlimi texnologik asbob-uskunalar importi boʻyicha direktor oʻrinbosari.

1997–1999 – „UZDUN A. G.“ Oʻzbekiston-Shveysariya qoʻshma korxonasi direktori.

1999–2001 – Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi marketing boʻlimi boshligʻi.

2001–2004 – Oʻzbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi maslahatchisi.

2004–2005 – Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda.

2005–2006 – „Oʻzmarkazimpeks“ davlat tashqi savdo kompaniyasi raisi.

2006-2009 – Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2009–2024 – „Oʻzbekengilsanoat“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi raisi.

2021–2024 – Oʻzbekiston ish beruvchilar konfederatsiyasi raisi.

2024–2025 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

2025-yildan – Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi[3].