Ravshanbek Olimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ravshanbek Olimov
 Oʻzbеkistоnning Ukrainadagi elchisi
 
Mansab davri
2003-yildan – 2005-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Shomansur Shohalilov
Vorisi Ilhom Haydarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-may 1966-yil (1966-05-18) (57 yosh)
Andijon[1]

Ravshanbek Ozodbekovich Olimov (1966-yilda tugʻilgan) — oʻzbek diplomati. Oʻzbekiston Respublikasining Ukraina, Fransiya, Portugaliya davlatlaridagi sobiq favqulodda va muxtor elchisi[2].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1966-yilda Andijon viloyati Jalolquduq tumanida tug‘ilgan.

1990—yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan.

1997—yilda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

1990—yildan 1992—yilgacha — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi „Nihol“ markazi talabalar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi.

1993—yildan 1994—yilgacha — „O‘zbelst“ O‘zbekiston-Belarus qo‘shma korxonasi bosh direktorining o‘rinbosari.

1994—yildan 1996—yilgacha — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.

1997—yildan 2000—yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha maslahatchisi.

2000—yildan 2001—yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining safarbarlik va davlat zaxiralari masalalari kompleksi yetakchi mutaxassisi.

2001-yildan 2003-yilgacha — O‘zbekiston makroiqtisodiyot va statistika vazirligining Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tashqi savdo balansini prognozlash boshqarmasi boshlig‘i.

2003-yildan 2005-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi va Moldovadagi favqulodda va muxtor elchisi[3].

2005-2008-yillarda — O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi (bir vaqtning o‘zida Portugaliyada);

2008-yildan 2011-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi MDH davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2011-2018-yillarda — Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi maslahatchisi.

2018-yildan 2020-yilgacha - Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2020-yildan - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „arxiv nusxasi“. 2019-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-yanvar.
  2. Sputnik Узбекистан. „Назначен начальник управления МИД по сотрудничеству со странами СНГ“ (ru). Sputnik Узбекистан (15-may). Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
  3. „АЛИМОВ Равшанбек Озодбекович | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 21-may.