Igor Savitskiy
Igor Savitskiy | |
---|---|
Tavalludi | 4-avgust 1915-yil |
Vafoti |
27-iyul 1984-yil (68 yoshda) |
Fuqaroligi | Ukrainian People's Republic va SSSR |
Mukofotlari |
![]() |
Igor Vitalyevich Savitskiy (1915.4.8, Kiyev — 1984.27.7, Nukus) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964), Qoraqalpogʻiston xalqrassomi (1974). Moskva rassomlik institutini tugatgan (1946). S. ijodi badiiy tasvir uslubining dadilligi, boʻyoq qatlamini dagʻal yotqizilishi bilan ajralib turadi; oqish ranglar uygʻunligi (jigarrang, qovoq hamda sabzi rang va boshqalar)ni afzal koʻrgan rassom asarlarida janub tabiati, Qoraqalpogʻiston manzaralari oʻzining yorqin aksini topgan: "Oq qalʼa. Umumiy koʻrinish" (1954); "Qoraqumda", "Chimboy oqshomi", "Kegeyli kanali" — hammasi 1956; "Qayragʻochlar" (1959) va boshqa S. asarlari Oʻzbekiston sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi, Qoraqalpogʻiston sanʼat muzeyida saqlanadi. Rassomning saʼyharakatlari natijasida tashkil topgan Qoraqalpogʻiston sanʼat muzeyiga S.ning nomi berilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1983). "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2002).[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
- 4-avgustda tugʻilganlar
- 1915-yilda tugʻilganlar
- 27-iyulda vafot etganlar
- 1984-yilda vafot etganlar
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomlari
- Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureatlari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar