Ignatyev missiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ignatyev missiyasirus podsho hukumati tomonidan Xiva xonligi va Buxoro amirligi bilan siyosiy hamda savdo munosabatlari oʻrnatish bahonasida, aslida josuslik maqsadida polkovnik N. P. Ignatyev boshchiligida yuborilgan elchilar missiyasi (1858). Ignatyev missiyasi 1858-yilning mayida 50 kishilik qoʻriqchi otryad bilan Orenburgdan chiqib, Amudaryo yoqalab, iyul oyida Xivaga keladi va xon hukumati bilan savdo shartnomasi tuzadi. Soʻngra Buxoroga kelib imtiyozli savdo shartnomasi tuzishga, zindonda yotgan rus fuqaro va asirlarni ozod etishga erishadi. Ignatyev missiyasi toʻplagan maʼlumotlar Turkistonning Rossiya tomonidan istilo etilishida muhim rol oʻynagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil