Ibrohim al-Kabuzanjakasiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibrohim al-Kabuzanjakasiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 927-yil (hijriy 315-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi sunniy, roviy

(Abu Isʼhoq) Ibrohim ibn Nasr ibn Anbar ibn Jarir ibn Muhammad ibn ash-Shohiya ad-Dabbiy al-Kabuzanjakasiy (hijriy 315-yilning rabiulavval oyi (milodiy 927-yil)da vafot etgan — sunniy, fozil va g‘oyatda ishonchli roviylardan. Asli Marvdan bo‘lgan, hadislarni ko‘p bilgan. Rivoyatlari g‘oyatda to‘g‘ri bo‘lgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 83 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.