Ibrohim al-Fazoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibrohim ibn Habib al-Fazoriy
Tavalludi
Bagʻdod, Abbosiylar Xalifaligi
Vafoti Hijriy 160/ Milodiy 777
Fuqaroligi Abbosiylar

Ibrahim ibn Habib ibn Sulaymon ibn Samura ibn Jundab al-Fazari (arabcha: إبراهيم بن حبيب بن سليمان بن سمرة بن جندب الفزاري‎ ) (Milodiy 777-yilda vafot etgan) VIII asrda yashagan boʻlib, xalifa Al-Mansurning(754–775) Abbosiylar sudida matematik va astronom boʻlgan. U oʻz oʻgʻli Muhammad ibn Ibrohim al-Fazoriy bilan adashtirilmasligi lozim. U bir necha astronomiyaga oid ishlar yozgan ("astrolyabiya toʻgʻrisida", "armillyar sharlar toʻgʻrisida", "taqvim toʻgʻrisida").

Xalifa unga va uning oʻgʻliga Yoʼqub ibn Ṭoriq bilan birga Hind astronomik asari boʻlgan Sindhindni tarjima qilishni buyuradi va u Bagʻdodda milodiy 750-yilda tugatiladi va Az-zij ala Sini al-Arab nomi beriladi. Ehtimolki, aynan shu tarjima Hind raqamlari tizimining (yaʼni zamonaviy koʻrinishdagi tizim) Hindistondan Eʼronga koʻchishiga sabab boʻlgan.

Sakkizinchi asr oxirida, Bagʻdod Xalifaligi sudida bu musulmon geograf Gana - "oltin yerlari"ni zikr qiladi.[1]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Levtzion, Nehemia. Ancient Ghana and Mali. New York: Methuen & Co Ltd, 1973 — 3 bet. ISBN 0841904316. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]