Ibrohim Tomiva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibrohim Tomiva
Fayl:Ibrahim Tomiwa.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ibrohim Tomiva Gbadamosi
Tavallud sanasi 10-may 1998-yil (1998-05-10) (25 yosh)
Tavallud joyi Nigeriya
Boʻyi 179 sm
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017-2018 CD Feyrense U-23 10 (1)
2017 GD Gafanya 2 (0)
2018 Famalikao 7 (1)
2020-2021 Oqtepa 4 (5)
2020 Qizilqum 15 (2)
2021 Bunyodkor 23 (6)
2022 Bunyodkor 18 (5)
2023 PT Prachuap FC 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ibrohim Tomiva Gbadamosi (10-may 1988-yil tugʻilgan) – nigeriyalik futbolchi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil boshida hujumchi mahalliy birinchi divizion klubi Remo Stars FC yoshlar jamoasidan Portugaliyaning CD Feyrense jamoasiga oʻtdi. Keyinroq klub „GD Gafanya“ va „Famalikao“ga ijaraga berildi. Tomiva 2018-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Birinchi ligasi vakili „Oqtepa“ klubi uni qoʻlga kiritgunga qadar jamoasiz edi. Undan keyin Yuqori ligadagi jamoalar - "Qizilqum Zarafshon"[1] va Toshkentning „Bunyodkor“ klublariga ijaraga berildi.[2][3] 2022-yilgi mavsumda Tomiva „Bunyodkor“ klubi bilan toʻliq shartnoma imzoladi.[4] 2023 yilning 17-yanvaridan beri Tailand ligasida „PT Prachuap FC“ bilan shartnoma tuzgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"Qizilqum" "Oq-tepa" hujumchisi Ibrohim Tomiva bilan shartnoma tuzdi“. 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  2. „"Bunyodkor" nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi“. 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  3. „"Bunyodkor"da o'ynagan barcha legionerlarning statistikasi. Tomiva o'ttiz to'qqizinchi xorijlik, ikkinchi nigeriyalik futbolchi“. 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  4. „"Bunyodkor"ni ikki futbolchi tark etdi“. 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]