Ibrohim Komilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ibrohim Komilovich Komilov (1926.15.5, Rishton tumani) — kulol, Oʻzbekiston xalq rassomi (1973). Otasi usta Komil Madaminov va kulol Eliboy Daliyevdan xunar urgangan. "Yangi hayot" kulollik artelida kulol, rassom; 1970 yildan Rishton keramika zavodida rassom. Komilov qad. Rishton kulollik maktabi anʼanalarini qayta tiklashga katta hissa qoʻshdi va uning yangi, chidamli va nafis namunalarini yaratdi; u yaratgan buyumlar (lagan, kosa, shokosa, piyola, guldon va boshqalar) havo rang koloriti, oʻziga xos uslublashtirilgan naqshlari va hayvonlarning ramziy shakllari bilan ajralib turadi. Komilov anʼanaviy uslubda tayyorlagan koshinlar zamonaviy binolarni bezab turibdi, asarlaridan namunalar respublika va xorijdagi muzeylarda, shaxsiy toʻplamlarda saqlanadi (jumladan, Yaponiyadagi eng yirik kulollik toʻplamlaridan keng oʻrin olgan).

1950 yildan respublika va chet mamlakatlardagi koʻrgazmalarda asarlari bilan ishtirok etadi. Oʻzbekiston BA Oltin medali bilan mukofotlangan (2002).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil