Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim Hamraboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ibrohim Hamroboyevdan yoʻnaltirildi)
Ibrohim Hamraboyev
Tavalludi 5-may 1920-yil
Oʻzgan
Vafoti 29-iyun 2002-yil
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika instituti
Ilmiy darajasi fan doktori
Ilmiy unvoni akademik

Hamraboyev Ibrohim Hamraboyevich (1920-yil 5-may, hozirgi Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati, Oʻzgan shahri[1] – 2002-yil 29-iyun, Toshkent) – geolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1973), Oʻzbekistonda (1970) va Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). professor (1960), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika instituti direktori (1960–1992).

Ibrohim Hamraboyevich 1920-yil 5-mayda Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati Oʻzgan shahrida dehqon oilasida tavallud topgan. 1927-yildan 1-sonli oʻrta maktabda, 1932-yildan Oʻzgan bolalar uyida (internat) oʻqigan. 1933–1937-yillarda 1-son (Toshkent) pedagogika bilim yurtida oʻqigan, soʻng 1-son (Oʻzgan) maktabida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlagan[2].

1938–1942-yillarda Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (Toshkent) tuproq-geologiya fakultetida tahsil olgan. 1941–1942-yillarda bir vaqtning oʻzida Geologiya instituti va Sredazsvetmetrazvedka Chorux-Dayron gidro yoriqlar guruhida laborant boʻlib ishlagan. 1946-yilda shu universitetning Geologiya va tuproq fakultetining Petrografiya va litologiya boʻlimida aspiranturani tamomlagan[3].

Ibrohim 1944-yilda 13-son trest Pomir ekspeditsiyasi Shaxdara partiyasi geologi, 1945-yilda Oʻzbekiston FA Geologiya institutida kichik ilmiy xodim, Chorux-dayron geologi boʻlib ishlagan.

Hamraboyev 1946–1948-yillarda Markaziy Osiyo universiteti Geologiya va tuproq fakulteti petrografiya va litologiya kafedrasi assistenti boʻlgan va 1947-yilda „Chorux-Dayronning magmatik tuzilmalari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1948-yildan katta ilmiy xodim, 1949-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya instituti geologiya muzeyi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Hamraboyev 1954-yildan SSSR Fanlar akademiyasining Ruda konlari geologiyasi, petrografiya, mineralogiya va geokimyo instituti (Moskva) doktoranti boʻlgan. 1957-yilda „Gʻarbiy Oʻzbekistonda postmagmatik hodisalar va ular bilan bogʻliq minerallashuv“ mavzusida geologiya-mineralogiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

19471949-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika institutida katta ilmiy xodim va 1949–2002-yillarda laboratoriya va boʻlim mudiri boʻlgan. Shu institutda 1958–1959-yillar oraligʻida geologiya fani boʻyicha direktor oʻrinbosori hamda 1960–1992-yillarda direktori boʻlib ishlagan. Ibrohim 1994–1996-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yer haqidagi fanlar boʻlimi raisi boʻlgan. Ilmiy ishlari, asosan, Oʻrta Osiyo magmatizmi, ayrim majmuali formatsiyalarning geokimyoviy va metallogenik xossalariga bagʻishlangan. 1950-yillarda Oʻrta Osiyoda oltin bilan margimushning uzviy paragenezisini aniqlagan. Shu asosda yangi oltin konlari (Chormiton, Muruntov, Tom-ditov va boshqalar) topildi. Oltinli ruda konlari hosil boʻlishida Yer ichki tuzilishining ahamiyati haqidagi gʻoyani rivojlantirgan va Oʻzbekistonda oltin va boshqa muhim rudalarni qazib chiqarish sanoatini rivojlantirish bilan shugʻullangan. Gʻarbiy Oʻzbekistonning metallogenik xaritasini tuzgan.

Olim xalqaro geologik kongresslar (1960-yilda Daniya, 1964-yilda Hindiston, 1959-yilda Fransiya, 1963-yilda Chexoslovakiya, 1966-yilda Norvegiya, 1974-yilda Italiya) qatnashchisi boʻlgan. Yangi topilgan mineral Hamraboyev nomiga (hamroboyevit) qoʻyilgan. Geologiya va geofizika institutida Hamraboyevning xona muzeyi tashkil qilingan.

Ibrohim 2002-yil 29-iyun, Toshkentda vafot etgan va Minor qabristoniga dafn etilgan.

Ibrohim Hamraboyevich 1994-yilda „Shuhrat“ medali, 1980-yilgda Oktyabr inqilobi ordeni[4], Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan. 1946-yil „1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali va „Shavkatli mehnat uchun“ medali sohibi boʻlgan. Ibrohim Muruntov oltin konini ochish va qidirishdagi ishtiroki uchun 1966-yilda Lenin mukofotiga sazovor boʻlgan.

  • K 85-letiyu akademika I. X. Xamrabayeva. Vospominaniya, T., 2005.
  1. Nine – rayonniy sentr v Oshskoy oblasti, Киргизия.
  2. „Мемориал памяти“. Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
  3. „Жизнь, отданная науке. Сегодня исполнилось 100 лет со дня рождения известного ученого-геолога Ибрагима Хамрабаева“. Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
  4. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR ot 30 aprelya 1980 goda № 2004—X „O nagrajdenii akademika Akademii nauk Uzbekskoy SSR Xamrabaeva I. X. ordenom oktyabrskoy Revolyutsii“ // „Vedomosti Verxovnogo Soveta Soyuza Sovetskix Sotsialisticheskix Respublik“. – № 19 (2041) ot 7 maya 1980 goda. – St.360.