Ibrahim Boubacar Keïta
Ibrahim Boubacar Keïta fransuzcha: Ibrahim Boubacar Keïta | ||||
![]() | ||||
| ||||
---|---|---|---|---|
2013-yil 4-sentyabrdan — 2020-yil 19-avgustgacha | ||||
Hukumat boshlig‘i: | Umar Li, Musa Mara, Modibo Keita, Abdulaye Idrissa Mayga, Sumeilu Bubeye Mayga Bubu Sisse | |||
Oʻtmishdoshi: | Dionkunda Traore | |||
Vorisi: | Assimi Goita (Xalqni qutqarish milliy qoʻmitasi raisi) | |||
| ||||
2002-yil 16-sentyabrdan — 2007-yil 3-sentabrgacha | ||||
Oʻtmishdoshi: | Ali Nuxum Diallo | |||
Vorisi: | Dionkunda Traore | |||
| ||||
1994-yil 4-fevraldan — 2000-yil 15-fevralgacha | ||||
Oʻtmishdoshi: | Abdulloh Seku Su | |||
Vorisi: | Mande Sidibe | |||
Tavalludi: | 29-yanvar 1945-yil (76 yosh) Kutiala, Fransiya Sudani | |||
Xotini: | Keïta Aminata Maiga | |||
Bolalari: | 4 | |||
Maʼlumoti: | Dakar universiteti, Parij 1 Panteon-Sorbonna universiteti | |||
Mukofotlari: |
Serbiya Respublikasi ordeni lentasi | |||
Ibrahim Boubacar Keïta (fransuzcha: brahim Boubacar Keïta; 29-yanvar 1945-yilda tugʻilgan) — Mali davlat arbobi va siyosatchisi, Mali Bosh vaziri (1994-2000), Mali Milliy Assambleyasi raisi (2002-2007), Mali prezidenti (2013-yil 4-sentabrdan 2020-yil 19-avgustgacha).
Tarjimai holi[tahrir]
Ibrahim Boubacar Keïta 1945-yil 29-yanvarda Fransiya Sudanida (hozirgi Mali) tugʻilgan.[1] Parijdagi litseyni tamomlagach, Bamakoda oʻqigan, soʻngra Senegal poytaxti Dakarda, keyin esa Parijda tahsil oldi. U siyosatshunoslik va tarix professori hisoblanadi.
Dastlab, u Malida rivojlanish jamgʻarmasida (EEC) ishlagan. Mali, Niger va Burkina-Fasoda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilingan.
1990-yilda u ADEMA-PASJ mahalliy sotsialistik partiyasining aʼzosi boʻldi (Malidagi Demokratiya uchun Alyans — Ozodlik, birdamlik va adolat uchun Pan-Afrika partiyasi) va prezidentlikka nomzod Alfa Umar Konarening saylovoldi shtabini boshqardi. Konare prezident etib saylangach, koʻp oʻtmay 1994-yilda Keïtani hukumat boshligʻi etib tayinlaydi. Oʻsha yili Keïta partiyaning rahbari boʻladi va 1999-yilgacha bu lavozimni egalladi.[2] Shu-yilning 15 fevralda Malida Bosh vazir almashtirildi. Keyingi-yili Ibrahim Boubacar Keïta Mali Sotsialistik partiyasidan chiqib ketadi. U yangi bir partiya — Mali uchun Birlashma tashkil qiladi va unga rahbarlik qiladi.[3]
2002-yil 16-sentabrda Keïta Mali parlamenti spikeri etib saylanadi. U ushbu lavozimda deyarli besh-yil davomida 2007-yil 3-sentabrgacha ishlagan.
Manbalar[tahrir]
- ↑ アーカイブされたコピー. Asl nusxadan arxivlandi (2007-09-04). 2007-09-15.
- ↑ webmail http://webmail.ovh.net
- ↑ アーカイブされたコピー. Asl nusxadan arxivlandi (2009-12-31). 2008-08-31.